Объявления

11 Окт 2025

“BMT tinchlik, xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo‘ְlida 80 yil: o‘tmish saboqlari va kelajak istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
JAMOAT XAVFSIZLIGI UNIVERSITETI


“BMT tinchlik, xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo‘ְlida 80 yil: o‘tmish
saboqlari va kelajak istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy
konferensiyaning
AXBOROT XATI
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkilotchisi:
O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
Ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladigan sana va joy:
2025-yil 22-oktabr kuni, soat 10:00da Jamoat xavfsizligi universiteti.
Ilmiy-amaliy konferensiyaning maqomi va maqsadi:
Tadbir xalqaro miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiya shaklida tashkil
etilib, u orqali hamkor tashkilotlar olimlari va mutaxassislari, davlat va jamoat
arboblari, diplomatlar hamda xalqaro tashkilotlar vakillari jahon hamjamiyati
oldida turgan asosiy muammo va vazifalar yuzasidan ilmiy-nazariy mulohazalarini
bayon etadilar, amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqadilar.
BMTning 80 yil davomidagi faoliyatini har tomonlama tahlil qilish, uning
xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashdagi roli hamda yutuqlarini baholash,
zamonaviy geosiyosiy voqeliklar va global tahdidlar sharoitida BMTning mavqeini
oshirish yo‘llarini muhokama qilish, Barqaror taraqqiyot maqsadlari (SDG)ga
erishish, iqlim o‘zgarishi, kiberxavfsizlik, migratsiya va qochoqlar muammosi,
terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash kabi dolzarb masalalarni xalqaro
hamkorlik doirasida muhokama qilish, inson huquqlari, demokratiya va huquqiy
davlat tamoyillarini mustahkamlashda BMTning o‘rni va ta’sirini tahlil qilish,
BMT tuzilmalari va boshqaruv tizimini isloh qilish zaruratini ilmiy jihatdan
asoslash hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqish, fan, ta’lim va innovatsiyalar
orqali global hamkorlikni mustahkamlash, yangi avlod mutaxassislarini xalqaro
jarayonlarda faol ishtirok ettirishga sharoit yaratish konferensiyaning maqsadi
hisoblanadi.
Konferensiyada quyidagi masalalar ko‘rib chiqiladi:
BMTning 80 yillik faoliyati tahlili – asosiy yutuqlar, muvaffaqiyatlar va yo‘l
qo‘yilgan kamchiliklar.
Xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashda BMTning o‘rni – mojarolarni
bartaraf etish, tinchlikparvarlik operatsiyalari.
Xalqaro terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash – global tahdidlarga qarshi
umumiy mexanizmlarni takomillashtirish.
Yadro qurollari va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatmaslik – xalqaro
xavfsizlikning ustuvor yo‘nalishi sifatida.
Kiberxavfsizlik va raqamli xatarlar – BMT doirasida global kiberxavfsizlik
standartlarini yaratish.
Iqlim o‘zgarishi, ekologik muammolar va xavfsizlik – BMTning barqaror
rivojlanish maqsadlari doirasida.
Barqaror taraqqiyot maqsadlarini (SDG) amalga oshirish tajribalari – 2030
yilgacha bo‘lgan istiqbollar.
Migratsiya va qochoqlar muammosi – global muammo sifatida adolatli va
insonparvar yondashuv.
Inson huquqlari va demokratiya masalalari – BMTning inson huquqlari
kengashi faoliyati tahlili.
BMTning boshqaruv tuzilmasi va islohotlar zarurati – Xavfsizlik Kengashini
isloh qilish masalasi.
Xalqaro iqtisodiy hamkorlik va global moliyaviy barqarorlik – inqirozlarga
qarshi choralar.
Korrupsiya va transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurash – BMT
konvensiyalari doirasidagi tajribalar.
Xalqaro gumanitar huquq va qurolli mojarolarda aholini himoya qilish.
Fan, ta’lim va innovatsiyalar orqali global hamkorlik – barqaror
rivojlanishning intellektual asosi.
BMTning kelajak istiqbollari – yangi geosiyosiy voqeliklar va ko‘p qutbli
dunyoda tashkilotning roli.
Maqola va tezislarni taqdim etish muddatlari:
maqola va tezislar 2025-yilning 10-oktabr kuniga qadar ishchi guruhning
quyidagi
elektron
pochta
manziliga
yuboriladi:
ravshanov.ulugbek1994@gmail.com (telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali bog‘lanish
uchun +998(94) 128-79-01).
Konferensiyaning ishchi tillari:
o‘zbek, rus va ingliz tillari.
Konferensiyaning yakuniy hujjatlari:
Konferensiya yakunlari bo‘yicha ma’ruza va maqolalar to‘plami e’lon
qilinib, umumlashtirilgan taklif va tavsiyalar tegishli idoralarga qonunchilikni
takomillashtirish faoliyatida qo‘llash uchun yuboriladi.
Maqolalar (tezislar)ni rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablar:
maqola matni Word dasturida terilishi kerak. Qog‘ozning formati - A4,
barcha hoshiyalar - 2,5 sm. Shrift: «Times New Roman» garniturasi – 14 kegl.
Abzas oralig‘i - 1,25 sm, satrlararo interval - 1,5 sm, tekislash - kengligi bo‘yicha.
Sarlavha rasmiylashtirilishi: o‘zbek, rus va ingliz tillarida: muallifning
(mualliflarning) F.I.O. - yarim qora shriftda; tashkiloti nomi (to‘liq), elektron
pochta manzili - kursiv yarim qora shriftda; maqola nomi - bosh harflar bilan -
yarim qora shriftda. Sarlavhalarning oxirida nuqta qo‘yilmaydi.
Adabiyotlarga havolalar maqola matnida kvadrat qavs ichida keltiriladi.
Maqola so‘ngida foydalanilgan adabiyotlar va manbalar ro‘yxati keltirilgan.
Taqdim etiladigan maqolalar hajmi: 5-7 sahifa.
Konferensiyada ishtirok etishi rejalashtirilayotgan
xalqaro ishtirokchilar ro‘yxati
Xorijiy hamkorlar: (onlayn)
Belarus Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi.
Belarus Respublikasi harbiy akademiyasi ta’lim muassasasining ichki qo‘shinlari
fakulteti.
Rossiya Federatsiyasi Milliy gvardiyasi qo‘shinlari Perm harbiy universiteti.
Rossiya Federatsiyasi Milliy gvardiyasi qo‘shinlari Sankt-Peterburg harbiy
instituti.
Koreya Respublikasi Milliy politsiya universiteti.
Turkiya Respublikasi Jandarmeriya va sohil xavfsizligi akademiyasi.
Xitoy jamoat xavfsizligi vazirligining xalq universiteti.
Hindiston milliy mudofaa universiteti.
Qozog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi.
Qozog‘iston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy akademiyasi.
Qozog‘iston Respublikasi Birinchi Prezidenti – Elboshi nomidagi mudofaa milliy
universitetining milliy gvardiya fakulteti.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi.
Mahalliy tashkilotlar: (oflayn)
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi
O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi
O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti
Amir Temur nomidagi O`zbekiston Respublikasi DXX akademiyasi
Toshkent davlat yuridik universiteti
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazi
Ommaviy axborot vositalari

616
Распечатать
Text to speech