Объявления

24 Сен 2026

Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti boʻsh lavozimlarga tanlov e'lon qiladi-2026

                                     2026 yil 24-sentabr kuni O‘R JXU tanlov e'lon qiladigan bo‘sh lavozimlar ro’yxati

 

№

LAVOZIMLAR

STAVKA

1.       

Жamoat xavfsizligini ta’minlash kafedrasi dotsenti

To‘liq stavka

2.       

Maxsus huquqiy fanlar va harbiy diplomatiya kafedrasi o‘qituvchisi

To‘liq stavka

3.       

Harbiy vatanparvarlik, ma’naviy - ma’rifiy tarbiya va yoshlar bilan ijtimoiy ishlash kafedrasi professori

To‘liq stavka

4.       

Fuqaroviy - huquqiy fanlar kafedrasi professori

To‘liq stavka

5.       

Ijtimoiy - gumanitar va tabiiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi

To‘liq stavka

6.       

Tillarni o‘rganish kafedrasi katta o‘qituvchisi

To‘liq stavka

7.       

Maxsus taktik tayyorgarlik va jangovar qo‘llash kafedrasi katta o‘qituvchisi

To‘liq stavka

8.       

Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati kafedrasi professori

To‘liq stavka

9.       

Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati kafedrasi dotsenti

To‘liq stavka

10.   

Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati kafedrasi katta o‘qituvchisi

To‘liq stavka

11.   

Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati kafedrasi o‘qituvchisi

To‘liq stavka

12.   

Uchuvchisiz tizimlar va robototexnik majmualar kafedrasi professori

To‘liq stavka

13.   

Uchuvchisiz tizimlar va robototexnik majmualar kafedrasi dotsenti

To‘liq stavka

14.   

Uchuvchisiz tizimlar va robototexnik majmualar kafedrasi katta o‘qituvchisi

To‘liq stavka

15.   

Uchuvchisiz tizimlar va robototexnik majmualar kafedrasi o‘qituvchisi

To‘liq stavka

16.   

Maxsus huquqiy fanlar va harbiy diplomatiya kafedrasi professori

0,50 stavka

17.   

Jinoiy huquqiy fanlar kafedrasi professori

0,50 stavka

 

Tanlovda qatnashish uchun nomzodlarga qoʻyiladigan asosiy talablar:

tegishli fan tarmogʻi doirasida ilmiy darajaga ega boʻlish;
zamonaviy oʻqitish usullari hamda pedagogik texnologiyalarni bilish va qoʻllay olish, shuningdek pedagogik tajriba hamda mahoratga egalik;
oʻzbek va rus tillarini mashgʻulot oʻta olish darajasida yaxshi bilish;
axborot texnologiyalari (kompyuter, planshet, interaktiv doska kabi qurilmalar va internet tarmogʻi)da kamida “foydalanuvchi” darajasida ishlay olish;
intizomlilik, mehnatsevarlik, faollik, vijdonlilik va ruhiy barqarorlik kabi xislatlarga ega boʻlish;
jismonan sogʻlomlik;
muqaddam sudlanmaganlik.

Xorijiy tillar boʻyicha nomzodlar, yuqoridagi talablardan tashqari, kamida S1 darajasidagi xorijiy til bilimini tasdiqlovchi xalqaro yoki respublika darajasida tan olingan IELTS, TOEFL, CEFR, DSD kabi standartlar boʻyicha sertifikat (diplom)lardan biriga ega boʻlishlari talab etiladi.

Tanlovda quyidagi nomzodlarga ustuvorlik beriladi:

ilmiy loyihalarda ishtirok etgan (ishtirok etayotgan);
Scopus va Web of Science bazalariga kiritilgan nufuzli jurnallarda maqolalar chop ettirgan;
“Xirsh” (h) indeksiga ega;
xorijiy tillar boʻyicha xalqaro va respublika darajasida rasman tan olingan IELTS, TOEFL, CEFR, DSD kabi sertifikat (diplom)lardan biriga ega (kamida B2 darajasi). 

Murojaat uchun telefon raqamlari:

+9989 (98) 331-30-31;

+998 (71) 230-32-71.

1082
Распечатать
Text to speech