«Maxsus huquqiy fanlar va harbiy diplomatiya» kafedrasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 23 iyuldagi №356-57–son “O‘zbekiston Respublikasi IIV Toshkent oliy harbiy-texnik bilim yurtida kadrlar tayyorlov samarasini oshirish bo‘yicha tadbirlar to‘g’risida”gi qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi IIV Toshkent oliy harbiy-texnik bilim yurti o‘quv bazasida O‘zbekiston Respublikasi IIV jazoni ijro etish tizimi uchun professional kadrlarni tayorlash darajasini oshirish maqsadida “Jazoni o‘ash rejimni tashkil etish”(yurisprudentsiya) mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlash maqsadida, 2004 yil 16 sentabr kuni “Maxsus fanlar” kafedrasi tashkil etilgan. 2017 yilda kafedra “Maxsus huquqiy fanlar” nomi bilan qayta nomlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 15 apreldagi PQ-5077-son «Jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida professional kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g’risida»gi Qaroriga asosan “Maxsus huquqiy fanlar” kafedrasi “Maxsus huquqiy fanlar va harbiy diplomatiya” kafedrasi qayta tashkil etilgan.
- Jamoat xavfsizligini taʼminlash faoliyat sohasiga malakali mutaxassislarni tegishli ixtisoslik va huquqshunoslik yoʼnalishlari boʼyicha chuqurlashtirilgan holda oʼqitish;
- Kursant (tinglovchi)larning maʼnaviy-axloqiy tarbiyalashga samarali tizimlarni joriy etish, ularda huquqiy madaniyatni shakllantirish hamda vatanparvarlik va yuksak odob-axloq sifatlarini kamol toptirish;
- Oʼquv jarayonini oʼqitishning zamonaviy shakl va uslublari, pedagogik va axborot texnologiyalarini qoʼllagan holda nazariya va amaliyot uzviyligini taʼminlash orqali tashkil etish;
- Jamoat xavfsizligini taʼminlashning eng dolzarb muammolari boʼyicha kompleks ilmiy tadqiqotlarni, shu jumladan mahalliy va xalqaro grantlarni jalb etgan holda, oʼtkazish;
- Kafedra professor-oʼqituvchilarining kasbiy va pedagogik mahoratini oshirib borish;
- Kursantlarning bilim va koʼnikmalarini mustahkamlash.










Kafedra katta o‘qituvchisi F.F.Rizoyev O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining 2020 yil 14-iyundagi 135-sonli buyrug‘iga asosan “Namunali xizmatlari uchun” III darajali ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Kafedra boshligʻi o‘rinbosari, dotsent X.Q.Beksariyev O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining 2022 yil 10 yanvardagi 8-sonli buyrug‘iga asosan “Namunali xizmatlari uchun” III darajali ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Kafedra boshligʻi y.f.d., (DSc), professor M.M.Nurmatov O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining 2022 yil 10 yanvardagi 8-sonli buyrug‘iga asosan “Ma’naviyat a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Kafedra dotsenti y.f.b.f.d., (PhD), A.M.Payziyev O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining 2022 yil 21-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘iga asosan “Namunali xizmatlari uchun” III darajali ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Kafedra boshligʻi y.f.d., (DSc), professor M.M.Nurmatov O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining 2022 yil 21-sentabrdagi 285-sonli buyrug‘iga asosan “Namunali xizmatlari uchun” III darajali ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
2023-2024 o'quv yilida kafedraning quyidagi professor-о‘qituvchilari ilmiy daraja va unvonlarga ega bо‘ldilar:
“Professor” ilmiy unvoniga Nurmatov Mirg‘olib Mirzayevich (О‘zbekiston Respublikasi OAKning 2023 yil 04 oktabrdagi 344/1-son bayoni).
“Yuridik fanlar bо‘yicha falsafa doktori PhD” ilmiy darajasiga:
Payziyev Abbos Muxammadovich (O‘zbekiston Respublikasi OAKning 2024 yil 6 yanvardagi 348/1-son bayoni).
Ikramov Alisher Aktamovich (О‘zbekiston Respublikasi OAKning 2023 yil 29 dekabrdagi 114s/1-son bayoni).
Nazarova Laylo Geldimuradovna (О‘zbekiston Respublikasi OAKning 2024 yil 29 fevraldagi 351/1-son bayoni)
2024-2025 o'quv yilida kafedraning quyidagi professor-о‘qituvchilari ilmiy daraja va unvonlarga ega bо‘ldilar:
“Yuridik fanlar doktori” ilmiy darajasiga:
Maxsadov Maxsatullo Ismatovich - O‘zbekiston Respublikasi OAKning 2024 yil 30 noyabrdagi 123c/1-son bayoni;
“Yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori” ilmiy darajasiga:
Jo‘rayev Javlon Ravshan o‘g‘li - O‘zbekiston Respublikasi OAKning 2025 - yil 12-fevraldagi 125c/1-son bayoni;
Yusupov Nodirjon Akbarjanovich - O‘zbekiston Respublikasi OAKning 2025 - yil 5-apreldagi 369/1-son bayoni;
Dotsent Ilmiy unvoniga:
Ikramov Alisher Aktamovich - O‘zbekiston Respublikasi OAKning 2025 - yil 25-avgustdagi 130c/2-son bayoni.
Kafedra boshligʻi y.f.d., (DSc), professor M.M.Nurmatov O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining 2025 yil 1-avgustdagi 241-sonli buyrug‘iga asosan “Namunali xizmatlari uchun” II darajali ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Kafedra professori y.f.d., (DSc), dotsent M.I.Maxsadov O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining 2025 yil 27-avgustdagi 258-sonli buyrug‘iga asosan “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining fidoyi xodimi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV Аkademiyasi “Dastlabki tergov va kriminalistika”, “Kriminalistik ekspertizalar”, “Terrorizm va odam savdosiga qarshi kurashish”, “Tezkor qidiruv huquqi faoliyati”, “Kriminologiya” kafedralari oʼrtasida oʼzaro hamkorlik shartnomasi

Oʼzbekiston Respublikasi IIV Ekspert-kriminalistika bosh markazi oʼrtasida oʼzaro hamkorlik kelishuvi

Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi respublika sud yekspertizasi markazi oʼrtasida oʼzaro hamkorlik shartnomasi

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik shartnomasi
