Kafedra tarixi:
O‘zbekiston Respubliasi Jamoat Xavfsizligi Universiteti tarkibidagi “Zirhli va avtomobil texnikalari” kafedrasi 2004-yilda O‘zbekiston Respublikasi IIV Toshkent oliy harbiy-texnik bilim yurtining taktika va umumharbiy fanlar kafedrasi avtomobil tayyorgarligi siklidan alohida kafedra sifatida ajralib chiqqan. Kafedraga turli yillarda Evgeniy Shmerkovich Umanskiy, pedagogika fanlar nomzodi, dotsenti Akmal Djurayevich Redjabayev, texnika fanlar nomzodi Bahodir Baxriddinovich Urazaliyev, Halil Xafizovich Kujaxmedov, Botir Mahkamovich Karabayev, Ildar Faritovich Xodjatov, Isametov Mirali Mirjamolovichlar rahbarlik qilishgan. Kafedrani 2017-yildan 2023-yilgacha texnika fanlari nomzodi, professor Xamidov G‘aybulla Sayfullayech boshqargan. 2023-yilning oktabr oyidan kafedrani t.f.f.d (PhD), dotsent Axmedov Doniyor Anvarjonovich boshqarib kelmoqda.
Kafedra maqsadi:
Jamoat xavfsizligini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydigan harbiy texnikalarning tuzilishi, ulardan foydalanish, doimiy jangovar shaylikni saqlab turish, yo‘llada harakat xavfsizligini ta’minlash va yo‘l transport hodisalarini oldini olish bo‘yicha kursantlarga zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni beradi. Bundan tashqari murakkab yo‘l sharoitlarda jangovar texnikalarni boshqarish, harbiy texnikalarning taktik-texnik ko‘rsatkichlarini oshirish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib boorish va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlaydi. Jamoada o‘qitishning zamonaviy pedagogik usullari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etgan holda mashg‘ulotlar olib boriladi. Buning uchun kafedra zarur o‘quv-metodik baza va adabiyotlar bilan ta’minlangan. Kafedrada bu borada yetarlicha ilmiy va pedagogik faoliyatga ega professor o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
"Zirhli va avtomobil texnikalari kafedrasi" kafedrasi O'zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlar tizimi uchun avtomobil va jangovar texnikalarni boshqarish, ularga texnik xizmat ko'rsatish va texnikalardan samarali foydalanish bo'yicha bilim va malakaga ega professional kadrlar tayyorlash uchun xizmat qiladi.
Shuningdek, yo'l harakatini tashkil etish, harakat xavfsizligini ishonchli ta'minlash va nazorat qilish, hamda yo'l-transport hodisalarini malakaviy surishtiruvini amalga oshiruvchi yuridik va texnik bilimlarga ega kadrlarni tayyorlaydi.





Soʻngi yillarda kafedra tomonidan koʻpgina yutuqlarga erishildi.
Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan taqdim qilingan bajarilishi 2019-2021 yillarga moʻljallangan amaliy tadqiqotlar loyihasida kafedra boshlig'i D.Axmedovning ilmiy ishlanmasi gʻolib deb topildi va sertifikat bilan taqdirlandi. Ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirish uchun Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ikki yilga 600 mln so‘m mablag‘ moliyalashtirildi. Bu institut tarixida birinchi davlat granti hisoblanadi. Shuningdek uchta dasturiy ta’minotga Intellektual mulk agentligi tomonidan patent olindi.
Kafedrada «Ustoz-shogird» an’analari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. 2018-2019 o‘quv yilida kafedra boshlig‘i o‘rinbosari А.Baboyev rahbarligida 132-guruh kursanti F.Bobojonov «Аvtomobillarning texnik ekspluatatsiyasi va servisi» fanidan respublika fan olimpiadasida faxrli 3-o‘rinni, 2019-2020 o‘quv yilida esa kafedra proffesor-o‘qituvchilari rahbarligida institutning 2,3- bosqich kursantlari faxrli o‘rinlarni egallashib Oliy va oʻrta maxsus ta’limi vaziri tomonidan sertifikat bilan taqdirlandi.
Kafedra professori G‘.Xamidov tomonidan 2022 yilda 1 ta monografiya va 1 ta o‘quv qo‘llanma chop etildi. Kafedra dotsentlari B. Aliboyev va N.Aslonovlar tomonidan 2023-2024 yillarda 2 ta darslik va 2 ta o‘quv qo‘llanma chop etidi. Mazkur yillarda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan jami 3 ta darslik, 4 ta o‘quv qo‘llanma va 4 ta uslubiy qo‘llanma nashr etildi.
Kafedra professor o‘qituvchilari tomonidan ilmiy tadqiqot ishlarida qator yutuqlarga erishildi: jumladan kafedra boshlig‘i o‘rinbosari N.Gulyamov texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini oldi. 2024 -2025 yillarda 2 ta ixtiro uchun patent olinib, 2 ta monografiya chop etildi, 4 ta respublika va bitta xalqaro ilmiy amaliy anjuman tashkil etildi.
Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Аkademiyasi

Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Аkademiyasi

Toshkent davlat transport universiteti

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti








Yo‘l harakatini boshqarishning texnik vositalari. O‘quv qo‘llanma

Zirhli g‘ildirakli mashinalar va avtomobillarning ichki yonuv dvigatellari. O'quv qo'llanma


Piyodalar ishtirokida sodir etiladigan yo‘l-transport hodisalari. Uslubiy qo‘llanma


YPX faoliyatida transport vositasi haydovchisini giyohvand moddalar va alkogol ta’siridagi mastlik holatini aniqlashda qo‘llaniladigan texnik vositalar. Uslubiy qo‘llanma
Axmedov D.A., Aslonov N.R Mamaziyayev F.R., Xamidov G‘.S

Motosikllarni tuzilishi va ularni boshqarish. Uslubiy qo‘llanma