“Tillarni o‘rganish” kafedrasi Milliy gvardiya Harbiy-texnik instituti “Xorijiy tillar” kafedrasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi PQ–5077-son “Jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida professional kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tashkil etilgan.
Kafedraning maqsadi:
Kafedraning asosiy maqsadi – davlat, rus va xorijiy tillarni professional darajada egallagan, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, kursant va tinglovchilarda jamoat xavfsizligi sohasidagi xizmat, ilmiy, tahliliy va xalqaro faoliyat uchun zarur bo‘lgan kommunikativ kompetensiyani shakllantirishdan iborat.
Kafedramizda:
Ta’lim vazifalari
• Huquqni muhofaza qilish organlari va kuch tuzilmalari bo‘lajak ofitserlarni davlat, rus va xorijiy tillar bo‘yicha puxta bilimlar bilan ta’minlash.
• Kursantlar va tinglovchilarda xizmat, ilmiy hamda kasbiy faoliyat uchun og‘zaki va yozma nutq ko‘nikmalarini shakllantirish.
• Muzokaralar olib borish, hujjatlar tuzish va xizmat suhbatlarini o‘tkazishda kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish.
Ilmiy-tadqiqot vazifalari
• Harbiy va huquqni muhofaza qilish oliy o‘quv yurtlarida tillarni o‘qitish metodikasi sohasida tadqiqotlar olib borish.
• Kursantlar uchun o‘quv qo‘llanmalar, metodik materiallar va maxsus lug‘atlar yaratish.
• Ta’limda innovatsion texnologiyalarni joriy etish (interfaol platformalar, multimediya resurslari, masofaviy kurslar).
Kasbiy-amaliy vazifalar
• Huquq, harbiy ish va xavfsizlik sohalaridagi kasbiy terminologiyani egallagan mutaxassislarni tayyorlash.
• Xalqaro hamkorlik va tinchlikparvarlik missiyalari uchun madaniyatlararo muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish.
• Kuch tuzilmalarining xodimlari uchun til tayyorgarligi bo‘yicha malaka oshirish kurslarini tashkil etish.
Tarbiyaviy vazifalar
• Turli xalqlar tillari va madaniyatlariga hurmat ruhida tarbiyalash.
• Bo‘lajak ofitserlarda savodxonlik va nutq madaniyati uchun mas’uliyat tuyg‘usini shakllantirish.
• Milliy tilni o‘rganish orqali vatanparvarlik va fuqarolik pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlash.
























403 guruh kursanti Kuriyazov Ruslan 2019 yil Respublika miqyosida rus tili fanidan 2 – faxrli o'rinni oldi. Rahbar – To'lqin Xayriddinovich Saydaliyev.
403 guruh kursanti Axmedov Odiljon Xusanjon o'g'li 2020 yil Respublika miqyosida nemis tili fanidan 2 – faxrli o'rinni oldi. Rahbar – Elmirza Temirovich Erkayev
2020 yil 9 yanvar kuni Milliy gvardiya tizimi doirasida ingliz tili bo'yicha o'tkazilgan viktorinada Black Eagles jamoasi 1 chi - o'rinni egalladi. Rahbarlar: Rashidova M.X., Namozova D.B., Utenbayeva G.M., Yoqubova I.R.
2018 yil kafedra dosentlari Rashidova M.X. va Namozova D.B. AQSh, Texas shtati, San-Antonio Xarbiy shaxarchasining DLI (Defence Language Institute)da ikki xaftalik tajriba almashish kursiga qatnashib malaka oshirildi.
2020 yil kafedra dosenti Shirinova N.D. va o'qtuvchisi Musaeva Sh.I. Buyuk Britaniya, Angliya, Norich shaxridagi Nile (Norwich Institute for language education)da ikki xaftalik tajriba almashish kursiga qatnashib malaka oshirildi.
Kafedrada o‘qitiladigan fanlardan jami 135 ta til bilish darajasi sertifikatlar kursantlar tomonidan qo'lga kiritilgan:
Rus tilidan – 68 ta
Xitoy tilidan – 29 ta
Ingliz tilidan – 38 ta
2019 yildan xozirgi kunga qadar kafedra Buyuk Britaniya, Angliya, Norich shaxridagi NILE (Norwich Institute for language education) instituti bilan "Eng zamonaviy pedagogik texnologiyalar va metodlar" bo'yicha xamkorlik qilib kelmoqda.

2024 yilda O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining “Tillarni o‘rganish” kafedrasi hamda O‘zbekiston Respublikasi O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Akademiyasi Tillar kafedrasi o‘quv-uslubiy va ilmiy faoliyatni rivojlantirish sohasida hamkorlik to‘g‘risida kelishuv imzoladi.

2025 yilda O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining “Tillarni o‘rganish” kafedrasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya va iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi Bojxona institutining “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi o‘quv-uslubiy va ilmiy faoliyatni rivojlantirish sohasida hamkorlik to‘g‘risida kelishuv imzoladi.

2025 yilda O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining “Tillarni o‘rganish” kafedrasi hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 1-fakulteti Ingliz tili integrallashgan kursi 1-kafedrasi o‘quv-uslubiy va ilmiy faoliyatni rivojlantirish sohasida hamkorlik to‘g‘risida kelishuv imzoladi.

2025 yilda O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining “Tillarni o‘rganish” kafedrasi hamda Mirzo Ulug’bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Xorijiy filologiya fakulteti Xorijiy til va adabiyoti kafedrasi o‘quv-uslubiy va ilmiy faoliyatni rivojlantirish sohasida hamkorlik to‘g‘risida kelishuv imzoladi.

2025 yilda O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining “Tillarni o‘rganish” kafedrasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Quruqlikdagi qo’shinlar instituti Tillar kafedrasi o‘quv-uslubiy va ilmiy faoliyatni rivojlantirish sohasida hamkorlik to‘g‘risida kelishuv imzoladi.







































