Markaziy Osiyo sun'iy intellekt assotsiasiyasi (MOSIA) va Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat …

Markaziy Osiyo sun'iy intellekt assotsiasiyasi (MOSIA) va Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti …

Joriy yilning 26-may kuni MOSIA va universitet oʻrtasida mamlakatimizda jamoat xavfsizligini ta'minlash uchun kadrlar tayyorlash yoʻnalishida sun'iy intellektni qoʻllash boʻyicha hamkorlik boshlandi. Tomonlar qoʻshma ta'lim tashabbuslari, tadqiqot loyihalari va boshqa masalalarni rivojlantirishni mustahkamlaydigan oʻzaro hamkorlik memorandumini imzoladilar.
Ushbu hamkorlik doirasida yaqin kelajakda sun'iy intellektning ilgʻor mahalliy vositalarini hisobga olgan holda ta'lim sifati samaradorligini oshirish va ilmiy-tadqiqot faoliyatini takomillashtirish maqsadida manzilli "Yoʻl xarita" imzolanishi koʻzda tutilgan. MOSIA vakillari universitetning harbiy va fuqarolik kadrlarini tayyorlash sohasidagi faoliyati, shuningdek, infratuzilma bilan tanishtirildi. Tashrif davomida iqtidorli yoshlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi va universitet talabalarining jamoat xavfsizligini ta'minlash yoʻnalishidagi innovasion ishlanmalari taqdimoti oʻtkazildi.

1897
Chop etish
Text to speech