O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi 3898-sonli qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jamoat xavfsizligi universitetida haftaning har juma “Ma’naviy yuksalish va vatanparvarlik kuni” doirasida vatanparvarlik ruhidagi tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri, joriy yilning 31-may kuni Jamoat xavfsizligi universitetida “YURTNING HAR BIR FARZANDI-VATAN HIMOYACHISI” degan bosh g‘oya ostida Toshkent shahridagi Mehribonlik muassasalari, SOS O‘zbekiston – Bolalar Mahallalari”, Toshkent shahar, Toshkent va Sirdaryo viloyatlari oilaviy bolalar uylaridan tashrif buyurgan qariyb 500 nafarga yaqin tarbiyalanuvchi-yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda o‘quvchi-yoshlar Universitet kirish eshigida Harbiy Orkestr jamoasining jangovar musiqiy sadolari ostida kutib olindi. Universitet katta saf maydonida esa jangovar qurollar va texnikalar ko‘rgazmasi tashkil etilib, unda yoshlar - harbiy akalarining faoliyatida foydalanadigan jangovar harbiy texnika va qurol-aslaxalar bilan yaqindan tanishdilar hamda ma’lumot oldilar. Shundan so‘ng, saf maydoni markazida kursantlar ishtirokida namoyish etilgan qо‘l jangi guruhining jangovar chiqishlari, Qurol bilan safona chiqishlar va Sport burchagida tashkil etilgan chaqqonlik mashqlari yoshlarda katta taassurot qoldirdi. Shuningdek, Universitet Axborot resurs markazi kutubxonasi hamda Maxsus tayyorgarlik mashg‘ulot maydonlari bо‘ylab sayohatlar tashkillashtirildi. Bundan so‘ng universitet kursantlar oshxonasida mazali taomlar tanavvul qilganlaridan so‘ng, universitet Vatanparvarlik muzeyiga sayohat tashkil etildi. Unda mamlakatimiz tarixi, buyuk ajdodlarimizning boy me’rosi hamda universitetning bugungi kunigacha bo‘lgan tarixi haqida qiziqarli ma’lumotlar oldilar. Tadbir yakunida tashrif buyurgan yoshlar Vatanimiz tinchligi va xavfsizligi yo‘lida qiyinchiliklarni sabot bilan yengib kelayotgan harbiy xizmatchilarga o‘z minnatdorchiliklarini aytib, kelgusida ular kabi Ona vatan himoyasi uchun o‘z hissasini qo‘sha oladigan barkamol insonlar bo‘lib yetishishga va’da berdilar. Yuqori saviyada o‘tkazilgan “Ochiq eshiklar kuni” mana shunday ajoyib va esda qolarli lahzalar bilan o‘z yakuniga yetdi.