O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining “Iqtisodiy fanlar” kafedrasi …

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining “Iqtisodiy fanlar” kafedrasi tomonidan 2025 yil 31 okt…

Konferensiya natijasida global iqtisodiy xavfsizlik va iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash mexanizmi va tamoyillari, yashil iqtisodiyotni rivojlantirish, muqobil energiya manbalaridan foydalanishning nazariy-metodologik asoslarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish maqsadlariga erishildi.

Konferensiyada Yaponiya, Rossiya Federatsiyasi, Turkiya, Belarussiya, Qozog‘iston, Tojikiston davlatlarning oliy harbiy ta’lim muassasalari hamda Toshkent davlat yuridik universiteti, O‘zbekiston milliy universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyaning mintaqaviy o‘quv markazlari vakillari, professor-o‘qituvchilari, izlanuvchilari, kursantlari, talabalari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Konferensiyada global iqtisodiy xavfsizlik va iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashning nazariy va metodologik masalalari, iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashda muqobil energiya manbalaridan foydalanishning zamonaviy muammolari va tendentsiyalari, muqobil energiya manbalaridan foydalanishning ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasi, yashil iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida muqobil energiya manbalaridan foydalanish istiqbollari ustuvor yo’nalishlaridagi masalalar muhokama etildi.

Konferensiya dasturiga muvofiq quyidagi ma’ruzachilar chiqish qilishdi:

Konferensiyani O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti boshlig‘i, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yurist, yuridik fanlar doktori, professor, polkovnik Rustambayev Mirzayusuf Xakimovich kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Qozog‘iston Respublikasi Karaganda ichki ishlar vazirligi Akademiyasi boshlig’i o‘rinbosari, yu.f.b.f.d, (PhD), professor, polkovnik Namisov Yerlan Dumanovich “Global energiya o‘tishining huquqiy asoslar” mavzusida ma’ruza qildi.

Turkiyaning Istanbul Aydin universiteti dotsenti i.f.b.f.d., (PhD) Sabina Tug’rul “Muqobil energiya manbalari va global iqtisodiy xavfsizlik: Turkiya va Kaspiy mintaqasi saboqlari” mavzusida ma’ruza qildi.

Milliy tadqiqot universiteti Iqtisodiyot oliy maktabi Xavfsizlik muammolari instituti o‘qituvchisi, p.f.n., dotsent, zaxiradagi polkovnik Kalyagin Yuriy Sergeyevich  “Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning nazariy-uslubiy masalalari, muammolari va istiqbollari” mavzusida ma’ruza qildi.

Finlandiya “Turku” universiteti magistri, Tokio universitet stajori Xikmatova Sevil Erkinovna “Yaponiyaning iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash uchun muqobil energiya manbalaridan foydalanish tajribasi” mavzusida ma’ruza qildi.

Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi Krasnodar universiteti kafedra boshlig’i, y.f.n., dotsent, politsiya polkovnigi Sviliy-Buklanova Anna Aleksandrovna “Global iqtisodiy tahdidlarga moslashishning ALEKSANDROVNA milliy strategiyalari: rejalardan amalga oshirishgacha” mavzusida ma’ruza qildi.

Qozog‘iston Respublikasi Milliy Mudofaa universiteti o‘qituvchisi, h.f.n., polkovnik Baybuysinov Kuvandik Kazbekovich “Global miqyosda elektr energiyasi iste’molining ayrim masalalari: muammolar, yechimlar” mavzusida ma’ruza qildi.

Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi Krasnodar universiteti, i.f.n., dotsent, mayor Chikanova Yelena Sergeyevna “Yangi iqtisodiy voqelik sharoitida muqobil energiya manbalarini rivojlantirish sohasida davlatlararo hamkorlik” mavzusida ma’ruza qildi.

Tojikiston davlat huquq-biznes va siyosat universiteti professori i.f.d. Abduqodirov Xayrullo Abdusalomovich “Maishiy chiqindilarni boshqarishning jahon tajribasi yashil iqtisodiyotni rivojlantirish yo‘nalishi sifatida” mavzusida ma’ruza qildi.

Belarus Respublikasi harbiy akademiyasi kafedra sikl boshligʻi, podpolkovnik Gorodnichenko Alexander Nikolaevich “Germaniyaning yashil iqtisodiyoti sharoitida muqobil energiya manbalari” mavzusida ma’ruza qildi.

Buxoro innovatsiyalar universiteti dotsenti, p.f.n. Hasanova Zamira Shukurovna “Qayta tiklanadigan energiya manbalari uchun kadrlar va ta’lim” mavzuda ma’ruza qildi.

“ATETM” MCHJ bosh direktori, Muhammad Al Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professori Isayev Rixsi Isoxo‘jayevich “Iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlashda barqaror muqobil energiya manbalarining o‘rni va samaradorligi” mavzusida ma’ruza qildi.

Toshkent Menejment va iqtisodiyot instituti o’quv bo’limi boshlig’i s.f.b.f.d, (PhD) Achilov Azlarxon Bositxon o’g’li “Markaziy Osiyo global energiya xavfsizligi tizimida” mavzuda ma’ruza qildi.

Qozog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qarag‘anda akademiyasi katta o‘qituvchisi, yuridik fanlar magistri, politsiya podpolkovnigi Baltabasova Meyrangul Kazibekovna “Qozog‘iston Respublikasida maishiy chiqindilar bilan kurashish muammolari” mavzuda ma’ruza qildi.

Konferensiya davomida ma’ruzachilar konferensiya ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga javoblar berishdi, konferensiya kun tartibiga qo‘yilgan masalalar qizg‘in muhokama qilindi.

891
Chop etish
Text to speech