O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jamoat xavfsizligi universitetida KITOB YARMARK…

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jamoat xavfsizligi universitetida KITOB YARMARKASI tashkil etildi.

Azal-azaldan har bir mamlakatning taraqqiyoti - unda yashovchi fuqarolarning ma’naviy boyligi, kitobni qanchalik ko‘p mutolaa qilishi hamda ularning izlanuvchanligiga bog‘liq bo‘lib kelgan. Darhaqiqat, kitob insonga nafaqat do‘st, balki, u yashovchi davlatning rivojlanishi uchun ham muhim omillardan biri hisoblanadi. Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan 5 tashabbus ijrosi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi “2020–2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 781-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining 2024-yil 26-dekabr kunidagi 1-sonli direktivasi ijrosiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jamoat xavfsizligi universitetida kitob yarmarkasi tashkil etildi. Unda o‘zbek adabiyotining nodir durdonalari, buyuk ajdodlarimizning vatanparvarlik fazilatlari hamda tarixiy jasoratlarini o‘zida aks ettirgan ko‘plab asarlar hamda barcha sohalar uchun zaruriy ma’lumotlarni beruvchi turli hildagi minglab ilmiy-badiiy kitoblar harbiy xizmatchilar hamda talabalarda katta qiziqish qoldirish bilan birgalikda ular tomonidan xarid qilindi. Mazkur kitob yarmarkalari universitetda har oy davomida o‘tkazish an’ana tusiga aylanib, unda harbiy xizmatchilar hamda talabalar o‘zlari sevib o‘qiydigan kitoblarni mutolaa qilish bilan birgalikda, doimiy ravishda mazkur kitoblar bo‘yicha universitetda zakovat, viktorina, insholar tanlovi hamda test sinovlari o‘tkazilib, yuqori natijaga erishgan nomzodlar har oy yakunida munosib taqdirlanib kelmoqdalar. Albatta, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va ma’naviy yuksalish insonni komillikka yetaklovchi yo‘ldir. Zero, barchamiz ushbu yo‘lda davomchi, kitobxon millatning avlodlarimiz.

1627
Chop etish
Text to speech