Maxsus fakultet talabalari o‘rtasida Konstitutsiyaning 33 yilligiga bag‘ishlab “Umummilliy…

Maxsus fakultet talabalari o‘rtasida Konstitutsiyaning 33 yilligiga bag‘ishlab “Umummilliy imtihon” o‘tkazildi

Maxsus fakultet talabalari o‘rtasida Konstitutsiyaning 33 yilligiga bag‘ishlab “Umummilliy imtihon” o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan 4-5 dekabr kunlari universitetda Maxsus fakultet talaba yoshlari о‘rtasida “Umummilliy imtihon” bо‘lib о‘tdi. Tadbirda fakultetning 200 dan ortiq talabalari faol ishtirok etdi.

Imtihon ikki bosqichda tashkil etildi. Birinchi bosqichda talabalar “Yangi Konstitutsiya – mening taqdirimda” mavzusida esse yozish tanlovida о‘z fikr va qarashlarini ifoda etdilar. Ikkinchi bosqichda esa Konstitusiyaning yangi tahriri asosida tayyorlangan test savollari orqali huquqiy bilim va dunyoqarashlari baholandi.

Tadbir yakunlariga kо‘ra, yuqori natijalarga erishgan talaba yoshlar Universitet boshlig‘ining faxriy yorlig‘i hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

“Umummilliy imtihon” Konstitusiya kuni munosabati bilan о‘tkazilayotgan ma’rifiy tadbirlarning muhim qismi bо‘lib, talabalarning huquqiy madaniyatini oshirish va yangi Konstitusiyada bayon etilgan demokratik qadriyatlarni chuqurroq anglashga xizmat qiladi.

 

2571
Chop etish
Text to speech