Universitetda 1-bosqich kursantlarining ota-onalari uchun "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri o…

Universitetda 1-bosqich kursantlarining ota-onalari uchun "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri o‘tkazildi.

Universitet 1-bosqichda taxsil olayotgan kursantlar o‘rtasida o‘quv-tarbiyaviy jarayonini takomillashtirish, harbiy intizomni mustahkamlash, jinoyatchilik, tan-jarohati, bahtsiz hodisalarni oldini olish maqsadida ularning ota-onalari uchun “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi.

Mazkur tadbir davomida ota-onalar universitet rahbariyati bilan suhbatlashib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.

So‘ng ular o‘z farzandlari taxsil olishi uchun universitetda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Shu jumladan, kursantlar yotoqxonasi, oshxonasi, sport majmuasi, o‘quv binosining sinf xonalarini zavq bilan tomosha qildilar.

Ayniqsa, ota-onalar farzandlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri uchrashib, dildan suhbatlashganliklari nafaqat ota-onalar uchun balki, kursantlar uchun ham vatanparvarlik, fidoyilik kabi fazilatlarni yanada kamol topishiga turtki berdi.

2054
Chop etish
Text to speech