Universitet Maxsus fakultet tomonidan “Mehrimiz senga bolajon” shiori ostida
Ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tasarrufidagi Olmazor tumani 36-sonli alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan aqli zaif bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabida “Mehrimiz senga bolajon” shiori ostida 3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Maxsus fakulteti boshlig‘ining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha o‘rinbosari podpolkovnik Buzurxanov Bunyod Zakirovich va fakultet talabalari faol ishtirok etib, mazkur tadbirning tashkiliy qismiga munosib hissa qo‘shishdi.
Maktab rahbariyati tomonidan podpolkovnik Buzurxanov Bunyod Zakirovichga ushbu ezgu ishlar yo‘lidagi sa’y-harakatlari uchun tashakkurnoma taqdim etildi.
Ushbu tadbir bolalar qalbiga mehr, e’tibor va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ruhini singdirishga xizmat qildi.