Akademik va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi

Akademik va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi

2026-yil 12-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida Bakalavriat, Magistratura va Maxsus fakultet psixologiya yo‘nalishi kursant-talabalari bilan psixologiya fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi G‘ayrat Bahromovich Shoumarov ishtirokida “Akademik va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi.

Ushbu uchrashuv kursant-talabalarning ilm-fanga bo‘lgan ishtiyoqini oshirish, ularni ilmiy faoliyatga tizimli yo‘naltirish va zamonaviy psixologiya fanining dolzarb masalalarini muhokama qilish maqsadida tashkil etildi.

Savol-javob va jonli muloqot shaklida o‘tkazilgan uchrashuvda qatnashchilarga psixolog kasbining o‘ziga xos xususiyatlari va sohadagi zamonaviy tendensiyalar xususida atroflicha ma’lumotlar berildi va kursant-talabalarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob qaytarildi.

Mamlakatimiz ta’lim tizimi va psixologiya maktabi rivojiga ulkan hissa qo‘shgan olim ishtirokida bo‘lib o‘tgan suhbat barcha uchun nazariy va amaliy tajriba almashish maydoni bo‘lib xizmat qildi.

10376
Chop etish
Text to speech