Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Axborot texnologiyalari kafedrasi…

Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Axborot texnologiyalari kafedrasi va Tabiiy fanlar kafedra…

O‘zbekiston Respublikasida Zamonaviy telekommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va mudofaa sohasida innovatsion yondashuvlarni rivojlantirish maqsadida 2026-yil 29-aprel kuni “Zamonaviy telekommunikatsiya muammolari va innovatsion yechimlari: xalqaro tajriba, nazariya va amaliyot” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjumani o‘tkaziladi.

Mazkur tadbirning asosiy maqsadi Zamonaviy telekommunikatsiya tizimlari, Kiberxavfsizlik, Qо‘shinlarni avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarida sun’iy intellekt, Jamoat xavfsizligini ta’minlashda raqamli texnologiyalar, harbiy ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiyalar va o‘qitishda innovatsion yechimlar kabi keng qamrovli yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-amaliy tajribalarni almashish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qiladi.

Anjuman mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar jarayonida Telekomunikatsiya sohasini mustahkamlash, sun’iy intellektni raqamli texnologiyalar orqali harbiy boshqaruv, jangovar tayyorgarlik, kiber xavfsizligida samarali foydalanish hamda mudofaa salohiyatini mustahkamlashga xizmat qiluvchi ilmiy-nazariy qarashlarni ilgari surish, ularni rivojlantirish va ularni amaliyotga joriy etish yo‘llarini muhokama qilishga qaratilgan.

Mazkur anjumanda xorijiy oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, doktarantlar, tadqiqotchilar, mustaqil izlanuvchilar, Magistratura tinglovchilari hamda kursantlar ishtirok etdi.

Konferensiya doirasida quyidagi masalalar muhokama qilinadi:

  • Zamonaviy telekommunikatsiya tizimlarinining rivojlanish tendensiyalari;
  • Kiberxavfsizlikni ta’minlashning dolzarb muammolari va yechimlari;
  • Qо‘shinlarni avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarida sun’iy intellektni qо‘llash istiqbollari;
  • Jamoat xavfsizligini ta’minlashda raqamli texnologiyalarni qо‘llash muammolari va yechimlari;
  • Harbiy ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiyalar va o‘qitishda innovatsion yechimlari masalalari yuzasidan keng fikr almashildi.

Mazkur Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman Telekomunikatsiya tizimida raqamli texnologiyalarni samarali qo‘llash, mudofaa salohiyatini oshirish va milliy xavfsizlikni ta’minlashda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi. Tadbirda ilgari suriladigan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar mamlakatimizda Jamoat xavfsizligini ta’minlashning zamonaviy qiyofasini shakllantirishga, raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallashtirishga bevosita hissa qo‘shadi.

Konferensiya yakunida ishtirokchilar tomonidan quyidagi ilmiy-amaliy takliflar ilgari surildi:

  • Zamonaviy telekomunikatsiya sohasida ilg‘or raqamli yechimlar bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
  • xavfsizlik tizimlariga mos raqamli standartlar va texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha takliflar shakllantirish;
  • Kiberxavfsizlik, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish va davlat tizimlarida raqamli xavfsizlik tizimlarini yaratish;
  • harbiy sohada sun’iy intellekt, ishlab chiqarish va ta’lim integratsiyasini kuchaytirish;
  • yosh olimlar, doktorantlar va kursantlar uchun ilmiy hamkorlik, tajriba almashish va innovatsion muhitni shakllantirish.

Anjuman doirasida mutaxassislar, olimlar va amaliyotchi xodimlar o‘rtasida samarali muloqot tashkil etiladi, raqamli texnologiyalarni Jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimiga integratsiya qilish bo‘yicha aniq tavsiyalar ishlab chiqiladi. Shuningdek, anjumanda taqdim etilgan ilmiy ma’ruzalar va muhokamalar Zamonaviy telekomunikatsiya sohasida raqamli transformatsiya jarayonlarini ilmiy asoslash, milliy mudofaa tizimida zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish va ularning samaradorligini oshirishga qaratilgan muhim nazariy hamda amaliy g‘oyalarni o‘z ichiga olgan ilmiy-uslubiy materiallar tayyorlanadi.

Mazkur Xalqaro ilmiy-amaliy anjumani Zamonaviy telekomunikatsiya sohasini rivojlantirishda raqamli texnologiyalarni samarali qo‘llash, mudofaa salohiyatini oshirish va milliy xavfsizlikni ta’minlashda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi. Tadbirda ilgari suriladigan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar sohaning zamonaviy qiyofasini shakllantirishga, raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallashtirishga bevosita hissa qo‘shadi.

Ushbu ilmiy-amaliy anjuman natijalariga ko‘ra, Zamonaviy telekomunikatsiya sohasini raqamli transformatsiya jarayonlarini chuqurlashtirish,
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan keng foydalanish
va innovatsion yondashuvlarni harbiy boshqaruv tizimiga tatbiq etish bo‘yicha aniq ilmiy-uslubiy tavsiyalar ishlab chiqildi.

8076
Chop etish
Text to speech