Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida harbiy xizmatchilar oʻrtasida M…

Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida harbiy xizmatchilar oʻrtasida Mustaqilligimizning 34 yil…

Undan koʻzlangan asosiy maqsad 2024 yil 4 dekabrda qabul qilingan “Jamoaviy sport turlarini rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori ijrosini ta'minlash hamda kursantlarning jismoniy va harbiy tayyorgarliklarini mustahkamlash asosiy maqsad qilingan. Musobaqa qatnashchilari boʻlmish terma jamoalar 5ta shart doirasida oʻzaro bellashdilar. Harbiy mahorat, jismoniy epchillik va kuch-qudrat talab etadigan bosqichlarda ishtirokchilarning har bir harakati qattiq talabchanlik asosida baholab borildi. Ayniqsa, universitetning oʻquv-uslubiy situasion markazida kechgan bosqichda shartli dushmanga qarshi kurash, xushyorlik va jangovar qurollardan samarali foydalanish imkoniyatlari alohida sinovdan oʻtdi. Murosasiz va qizgʻin jarayonlarda kechgan musobaqalar nihoyat jamoaviy birlik qudratini ifodalovchi arqon tortish bellashuvlari bilan yakunlandi. Muhimi, Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlari oʻrtasida Mustaqilligimizning 34 yilligiga bagʻishlab oʻtkazilgan harbiy estafeta musobaqasida osoyishtaligimiz qalqonlarining bilim va mahoratlari naqadar mustahkam ekanligi yaqqol namoyon boʻldi. Gʻolib va sovrindor jamoalarga tantanali ravishda kubok va diplomlar topshirildi.

684
Chop etish
Text to speech