Oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim muassasalari kursantlari o‘rtasida“Yengil atletik…

Oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim muassasalari kursantlari o‘rtasida“Yengil atletika” musobaqasi

2026 yil 7 may kuni Bojxona institutida sportning “Yengil atletika” turi bo‘yicha 8 ta Oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim muassasalari kursantlari o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada Jamoat xavfsizligi universiteti terma jamoasi faol ishtirok etdi.

Mazkur musobaqada. 400 metrga yugurishda 133b-o‘quv guruhi kursanti Ibroimjonov Azimjon 1-o‘rinni, 3000 metrga yugurish bahslarida 251a-o‘quv guruhi kursanti Karnilov Ruslan 1-o‘rinni, Shved estafetasida 394-o‘quv guruhi kursanti Musaev O‘ktam, 411b-o‘quv guruhi kursanti Qarshiboev Bunyod, 401a-o‘quv guruhi kursanti Yo‘ldoshev Sarvar, 411a-o‘quv guruhi kursanti Isroilov Samandar 1-o‘rinni egallab diplom bilan taqdirlandilar. Universitet jamoasi umumjamoa hisobida fahrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, diplom va kubok bilan taqdirlandilar.

Jamoat xavfsizligi universiteti terma jamoa murabbiysi Jismoniy tayyorgarlik va sport kafedrasi katta o‘qituvchisi xalqaro toifodagi sport ustasi kapitan Abdullaev Akrom Ilxamovich.

9752
Chop etish
Text to speech