Biz buyuk ajdodlarimiz bilan haqli ravishda faxrlanadigan “koʻksi osmon” avlodmiz!

Biz buyuk ajdodlarimiz bilan haqli ravishda faxrlanadigan “koʻksi osmon” avlodmiz!

Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligiga bagʻishlab oʻtkazilayotgan qator tadbirlarda ham bu tuygʻu yurakda aks sado bermoqda. Prezidentimiz, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni Shavkat Mirziyoev ta'kidlaganlaridek, "Jaloliddin Maguberdi, Amir Temur, Bobur Mirzodek buyuk sarkardalarimiz harbiy san'ati, jangu jadallardagi jasoratlarini bugun oddiy askardan to generallargacha egallamas ekan, vatanga sadoqat ruhi ular orqali qalbiga singmas ekan, har qanday zamonaviy qurollar ham aslo naf bermaydi" deb ta'kidlagan edilar. Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlarining Zahiriddin Muhammad Boburga bagʻishlangan kitobxonlik kechasida bu gapning magʻzini chaqqandek boʻldik. Axir yaqin oʻtmishimizda ham jahon e'tirof etgan bu buyuk sarkardalarimiz nomini tilga olish mumkin emasdi. Xususan, adibimiz Pirimqul Qodirov shonli tariximizni, Bobur asarlari va hayotini oʻrganish orqali yozgan “Yulduzli tunlar” romani qancha tanqid va ta'qiblarga uchragani hali zamondoshlarimiz yodidan oʻchgani yoʻq. Vaholanki, oʻsha yillarda ham jahonning taraqqiy qilgan mamlakatlari Harbiy akademiya va harbiy oliy oʻquv yurtlarida bizning Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Zahiriddin muhammad Bobur kabi buyuk sarkardalarimizning jahon harbiy san'ati rivojidagi xizmatlari, ularning strategiyasi, harbiy jang usullari juda chuqur oʻrgatib kelinardi. Bugun zamon oʻzgardi. Ayniqsa, Jamoat xavfsizligi universiteti kursant va talabalarining buyuk ajdodlarimizga mehri oʻzgacha.

782
Chop etish
Text to speech