Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti 3-kursantlar batalyoni shaxsiy tarkibi bilan Chirchiq dala-taktik o’quv maydonida Taktik tayyorgarlik fanidan podpolkovnik L.Rahmatov va o’quv nuqta rahbarlari leytenant Sh.X.Soloxiddinov, T.R.Bog’ibekovlar boshchiligida “Boʻlinmaning joyda joylashishi va soqchilik qoʻriqlovi" mavzusi bo’yicha amaliy mashgʻulotlar tashkil etildi. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad kursantlarning nazariy bilimlarini amaliyotda qo’llay olish, jismoniy va ruhiy tayyorgarligini mustahkamlash, ularni nostandart vaziyatlarda to’g’ri qaror qabul qilib, samarali harakatlana olishga o’rgatish.