Shu maqsadda, kiberjinoyatlar — stalking (ta’qib qilish), ludomaniya (onlayn qimor o‘yinlariga qaramlik), kiberbulling (internet orqali bosim va tahqirlash), phishing (firibgarlik yo‘li bilan shaxsiy ma’lumotlarni qo‘lga kiritish) kabi zamonaviy kibertahdidlar haqida ma’lumot beruvchi maxsus flayerlar ishlab chiqildi va Yunusobod tumanidagi 80-son va 97-sonli maktab o‘quvchilariga tarqatildi.
80-son va 97-сон мактабнинг 178 нафар юқори синф ўқувчилари билан “Kibergigiyena” va “Kibertahdidlardan himoya har birimiz uchun muhim” mavzularida targ‘ibot tashviqot tadbiri о‘tkazildi. Maktabning kirish eshigiga axborot texnologiyalari kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan “Kiberxavfsizlik va kibergigiyena” tо‘g‘risidagi ogohlantiruvchi plakatlar ilindi. Maktab о‘quvchilariga “Kiberxavfsizlik barchamiz uchun ma’suliyat” mavzusidagi jami 200 dona flayerlar tarqatildi, hamda o‘quvchilarga ushbu tahdidlardan qanday himoyalanish, shaxsiy ma’lumotlarini xavfsiz saqlash va internetdan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Maktabning ijtimoiy tarmoqdagi kanallariga Jamoat xavfsizligi universiteti tomonidan ishlab chiqilgan “Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish”, “Kiberxavfsizlik va kibermadaniyat” mavzularidagi videoroliklar targ‘ibot uchun joylashtirildi. Maktabning va ota-onalarning telegram kanallariga Jamoat xavfsizligi universitetiga о‘qishga qabul qilish tо‘g‘risidagi videorolik targ‘ibot uchun joylashtirildi.