2026 yil 28-mart kuni Yangi Oʻzbekiston bogʻida sportning Duatlon turi boʻyicha Oʻzbekiston chempionati boʻlib oʻtdi. Mazkur musobaqada Jamoat xavfsizligi universiteti terma jamoasi ham faol qatnashib sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritdi.
18-24 yosh toifasida ayollar oʻrtasida kursant Botirova Zuxra Bexruz qizi qatnashib 1-oʻrinni egalladi.
18-24 yosh toifasida erkaklar oʻrtasida kursant Madaminov Madorbek Sherbek oʻgʻli qatnashib 2-oʻrinni egalladi.
30-34 yosh toifasida erkaklar oʻrtasida kapitan Tursunboev Abrorjon Akmaljon oʻgʻli qatnashib 2-oʻrinni egalladi.
Mutloq birinchilikda erkaklar oʻrtasida kursant Karnilov Ruslan Dmitirovich 1-oʻrinni egallagan boʻlsa ayollar oʻrtasida kursant Lukienko Dayana Timurovna 2-oʻrinni egalladi. Jamoa murabbiyi Jismoniy tayyorgarlik va sport kafedrasi katta oʻqituvchisi mayor Mustafoev N.Gʻ.