NAMANGAN VILOYATI MAHALLALARIDA JAMOAT XAVFSIZLIGI UNIVERSITETI PROFESSOR-OʻQITUVCHILARI T…

NAMANGAN VILOYATI MAHALLALARIDA JAMOAT XAVFSIZLIGI UNIVERSITETI PROFESSOR-OʻQITUVCHILARI TOMONIDAN JINOYATCHILIKNIN…

2025-yilning 22–27 sentabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha 1-sonli hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga mahallalarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish tizimi natijadorligini yanada oshirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 253-sonli qarorlari ijrosini ta'minlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti professor-oʻqituvchilari tomonidan Namangan viloyatining Davlatobod tumanida joylashgan “Sardoba” va “Sharq tongi” mahallalarida oʻrganish ishlari olib borildi.

Xususan, mahallalarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish tizimi natijadorligini yanada oshirishga qaratilgan quyidagi asosiy maqsadlarga e’tibor qaratildi:

oxirgi besh yil davomida kriminogen vaziyati murakkab bo‘lgan “qizil” toifaga kiritilgan mahallalarda joriy yil yakuniga qadar alohida tashkiliy-profilaktik tadbirlarni o‘tkazish orqali xavfsiz muhitni yaratishga ko‘maklashish;

kriminogen vaziyati murakkab mahallalarni sun’iy intellektda ishlovchi maxsus dasturiy ta’minotga integratsiya qilingan zamonaviy kuzatuv kameralari bilan to‘liq qamrab olinishini o‘rganish;

joriy yil yakuniga qadar jismoniy shaxslar mol-mulkini texnik qo‘riqlash qamrovini 30 foizga, yuridik shaxslar mol-mulkini qo‘riqlash qamrovini esa 60 foizga yetkazish ishlarini baholash;

kriminogen vaziyati murakkab mahallalarda manzilli tadbirlarning natijadorligini ta’minlashda mahalliy hokimliklar, davlat organlari va tashkilotlar, ta’lim va ilmiy muassasalar o‘rtasidagi hamkorlikni ta’minlash yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

Oʻrganish jarayonida mazkur mahallalarda jinoyatchilik holati, huquqbuzarliklarning oldini olishda erishilayotgan natijalar, aholi bilan olib borilayotgan profilaktik ishlar, mahalla faollari, ichki ishlar xodimlari, profilaktika inspektorlari va yoshlar yetakchilari bilan hamkorlik samaradorligi chuqur tahlil qilindi.

Xususan, “Sardoba” va “Sharq tongi” mahallalarida jinoyatchilik holatiga atroflicha baho berilib, mavjud muammolar va ularning sabablari o‘rganildi. Mahallalarda xavfsiz muhitni to‘liq ta’minlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va jinoyatchilikka olib keluvchi omillarni bartaraf etishga alohida e’tibor qaratildi. Aholi bilan olib borilayotgan tushuntirish ishlari, yoshlar o‘rtasida ijtimoiy faollikni oshirish, muammoli oilalar bilan individual ishlash hamda mahalla, ichki ishlar idoralari va boshqa mas’ul tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish lozimligi ta’kidlandi.

616
Chop etish
Text to speech