2025 yil 1-noyabr kuni О‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jamoat xavfsizligi universitetida “Faxriy-generallar va Milliy gvardiya yoshlari” mavzusida vatanparvarlik ruhidagi ma’naviy-ma’rifiy-madaniy uchrashuv tashkil etildi. Mazkur uchrashuvga faxriy mexmonlar: Iste’fodagi general – mayor Ataxanov Raxmatullo Nig‘matullayevich, Iste’fodagi general – mayor Eminjanov Rustam Olimovich, Iste’fodagi 3 darajali davlat adliya maslahatchisi Abzalov Erkin Mehmonovich hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi xodimi, falsafa fanlari doktori, professor Shermuxamedova Jamila Tashpulatovnalar taklif etildi. Faxriy mehmonlar dastlab, universitet kirish eshigi oldida universitet harbiy orkestr jamoasining jangovar musiqalari sadosi ostida kutib olinib, universitet harbiy xizmatchilari hamda talabalariga davlatimiz tomonidan yaratib berilgan sharoitlarni yaqindan tanishtirish maqsadida o‘quv binolari sinf xonalariga, jangovar va amaliy mashg‘ulotlar uchun mo‘ljallangan majmuaviy to‘siqlar o‘quv maydonchalari uzra sayohat tashkil etildi. Undan so‘ng, Universitet Axbort resurs markazida tashkil etilgan kutubxona, kursantlar yotoqxonasi, oshxona, sport maydonchalari hamda O‘quv uslubiy situation markazi bilan yaqindan tanishtirilib, yakunda Ma’naviyat va ma’rifat markazi tadbirlar zaliga olib kelindi. Tadbir boshlanishidan avval, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi faoliyatiga bag‘ishlangan maxsus video rolik tashrif buyurgan faxriy mehmonlar hamda yoshlar e’tiboriga havola etildi. Shundan so‘ng, Faxriy mehmonlar sahnaga taklif etilib, birma-bir ularga so‘z navbati berildi. Ular tomonidan mazmunga boy, amaliy hayot tajribasi bilan sug‘orilgan ma’lumotlar barcha yig‘ilgan tadbir ishtirokchilarida, jumladan, yosh harbiy xizmatchilarda katta taassurot qoldirdi. Qizg‘in kechgan suhbatdan so‘ng, so‘z navbati yoshlarga, o‘zlarini qiziqtirgan savollari bо‘yicha murojatlariga berilib, qizgʻin pallaga yetdi. Chinakam matonat va jasorat maydoniga aylangan “Faxriy-generallar va Milliy gvardiya yoshlari” uchrashuvi manashunday yuqori vatanparvarlik ruhida o‘z yakuniga yetdi. Albatta, bunday uchrashuvlar nafaqat yoshlarimiz balki davlatimizning porloq kelajagi, uning istiqboli uchun ham o‘z hissasini qo‘shishi shubhasizdir.