Kuni kecha Oʻzbekiston kubogi uchun ikki yirik musobaqa oʻz nihoyasiga etdi. Ya'ni, Qarshi shahrida 18-19 oktyabr kunlari duatlon sport turi boʻyicha qizgʻin bellashdilar. Murosasiz kechgan bahslarda sportchilar 5 kilometr masofaga yugurish, 20 kilometrga velosiped poygasi va 2500 metrga yugurish mashqlarini bajardilar. 150dan ortiq sportchi orasida Jamoat xavfsizligi universiteti jamoasi tezkorlik namunasini koʻrsatdi. Xususan, jamoa a'zosi 251-a oʻquv guruhi kursanti Ruslan Karnilov 1-oʻrinni egallab, diplom va qimmatbaho sovgʻa bilan taqdirlandi. Ana shunday qizgʻin musobaqalardan yana biri 18-22 oktyabr kunlari Toshkent shahrining Qushbegi sport majmuasida boʻlib oʻtdi. Universal jang boʻyicha yoshlar va kattalar oʻrtasida Oʻzbekiston Kubogi musobaqasida 6ta vazirlik va 12 ta viloyatdan 600 dan ortiq sportchilar qatnashdi. Jamoat havfsizligi universitetining podpolkovnik S.B.Ibragimov va kichik serjant D.F.Sheralievlar murabbiyligidagi terma jamoasi faol ishtirok etib, kursant D.Rajabov faxrli 3- oʻrinni, faxrli 2- oʻrinni esa kursantlardan A.Qosimov, O.Qurbonov, A.Madrimov, X.Toshmaxmatovlar va shohsupaning eng yuqori oʻrnini kursantlar S.Hasanboev, M.Gʻofurova, D.Ahmadov, M.Qurbonov, Sh.Soatovlar qoʻlga kiritishdi. Yakuniy natija boʻyicha umumjamoa hisobida Jamoat xavfsizligi universiteti fahrli birinchi oʻrinni egallab, kubok, diplom va medallar bilan taqdirlandi. Sportchilarimizga kelgusi musobaqalarda ham faqat gʻalaba tilaymiz.