Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida jangovar sport turi boʻyicha bi…

Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida jangovar sport turi boʻyicha birinchilik

Joriy yilning 10-11 yanvar kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi va 14 yanvarda nishonlanadigan Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida kursantlar va harbiy xizmatchilar oʻrtasida "Qoʻlbosh jang" sportining jangovar turi boʻyicha birinchiligi boʻlib oʻtdi. Musobaqa davomida kursant bataloni va oʻquv jarayonini qoʻriqlash va taʼminlash bataloni terma jamoalari oʻrtasida yetti vazn toifasida bahslar boʻlib oʻtdi. Janglar kuchli va murosasiz kurashda o'tkazilib, yuqori darajadagi jismoniy tayyorgarlik, ruh va g'alabaga bo'lgan irodani namoyish etdi. Komanda hisobida uchinchi o'rinni 1-kursant bataloni, ikkinchi o'rinni 3-kursant bataloni, birinchi o'rinni esa o'quv jarayonini qo'riqlash va ta'minlash bataloni jamoasi egalladi. Shaxsiy birinchilik g'oliblari va sovrindorlari diplomlar va qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

3162
Chop etish
Text to speech