Musobaqada Toshkent shahri va viloyatida joylashgan 10 ta harbiylashtirilgan Oliy ta'lim muassasalarining har biridan 2 nafardan kursantlar va talabalar ishtirok etib sportning shaxmat turi boʻyicha qiziqarli va bahsli musobaqa tashkil etildi. Musobaqaning asosiy maqsadi yosh harbiy xizmatchilar hamda talabalarning strategik tafakkurini rivojlantirish, jismoniy va aqliy tayyorgarlikni oshirish hamda kursantlar oʻrtasida sogʻlom raqobat ruhini mustahkamlashdan iborat edi. Turnir davomida ishtirokchilar oʻzlarining shaxmatdagi bilim va mahoratlarini namoyish etib, aql-zakovati, chidamliligi va tezkor qaror qabul qilish qobiliyatlarini sinovdan oʻtkazishdi. Har bir partiya katta qiziqish bilan kuzatilib, oʻyinchilarning puxta tayyorgarligi va strategik yondashuvi koʻpchilik tomonidan e'tirof etildi. Musobaqaning yakunida eng yaxshi natijalarni koʻrsatgan kursantlar maxsus diplomlar va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi. Ushbu sport tadbiri yosh harbiy mutaxassislarni yanada jipslashtirish va ularni kelajakdagi yuksak marralarga yetaklashga xizmat qilmoqda. Musobaqa tashkilotchilari va ishtirokchilari shaxmat oʻyinining nafaqat sport turi, balki aqlni charxlash va strategik fikrlashni rivojlantirishdagi ahamiyatini yana bir bor ta'kidladilar. Harbiylashtirilgan oliy harbiy ta'lim muassasalarining kursantlari va talabalari uchun bunday sport musobaqalari doimiy ravishda oʻtkazilib borishga kelishib olindi. Shuningdek, musobaqa yakunida ishtirokchilar esdalik sovgʻalari, diplom va kubok bilan taqdirlandilar.