2025 yil 17-21 dekabr kunlari Toshkent shahrining Qushbegi sport majmuasida yoshlar, kattalar va professionallar o‘rtasida sportning Universal jang sport turi bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi o‘tkazildi. Ushbu nufuzli musobaqada Jismoniy tayyorgarlik va sport kafedrasi katta o‘qituvchisi, qo‘l jangi bo‘yicha sport ustasi, podpolkovnik Sanjar Ibragimov murabbiyligida Jamoat xavfsizligi universitetining terma jamoasi turli yo‘nalish va vazn toifalarida 15 nafar kursant va 2 nafar ofitser ishtirok etib, quyidagi natijalarni qayd etdilar:
Pichoq sanchish yo‘nalishi bo‘yicha:
- 3 metr masofaga pichoq sanchish bo‘yicha katta leytenant A.Jenaliyev 2 o‘rin;
- absolyut masofaga pichoq sanchish bo‘yicha kapitan Sh.Narzikulov 2 o‘rinni egalladi.
Qo‘l jangi (klassik) yo‘nalishi bo‘yicha:
- 3-o‘rin: 70 kg vazn toifasida Islomov Suxrob;
- 2-o‘rin: 60 kg vazn toifasida Baxtiyorov O‘ktam, 65 kg vazn toifasida Qosimov Aminjon, 70 kg vazn toifasida Kuranbayev Jaxongir, 85 kg vazn toifasida To‘xtamishev Elbek;
- 1-o‘rin: 55 kg va-zn toifasida Shosaidov Xusniddin, 75 kg vazn toifasida Toshpo‘latov Laziz, 80 kg vazn toifasida Qurbonov Murod, 18-20 yoshli sportchilar o‘rtasida 80 kg vazn toifasida Qurbonov Oyatilla, qizlar o‘rtasida 57 kg vazn toifasida Oripova Zilolaxon.
Jamoat xavfsizligi universiteti O‘zbekiston Kubogida umumjamoa hisobida fahrli 2-o‘rinni egalladi.