JAMOAT XAVFSIZLIGI UNIVЕRSITЕTIDA MUSTAQILLIGIMIZNING 34 YILLIK BAYRAMIGA BAG'ISHLANGAN BA…

JAMOAT XAVFSIZLIGI UNIVЕRSITЕTIDA MUSTAQILLIGIMIZNING 34 YILLIK BAYRAMIGA BAG'ISHLANGAN BAYRAM TADBIRI O'TKAZILDI

1991 yil 31 avgustda qoʻlga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi koʻp ming yillik tariximizdagi hech qachon unutilmaydigan, qadr-qimmati va ahamiyati yillar, asrlar oʻtgani sayin tobora ortib boradigan buyuk tarixiy voqeadir. Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida  istiqlolimizning qutlugʻ 34 yilligi munosabati bilan katta bayram tadbiri oʻtkazildi. Shuni alohida ta'kidlash kerakki,  Mustaqilligimiz mevasi boʻlgan Jamoat xavfsizligi universitetida Yangi Oʻzbekistonni barpo etish va uni jahonga tarannum qilish, xalqaro miqyosdagi eng ilgʻor oʻquv uslublarini joriy etish boʻyicha muhim natijalar qoʻlga kiritilmoqda. Universitet rahbariyati yigʻilganlarni bayram bilan tabriklar ekan, soʻnggi yillarda erishilgan yutuqlarga e'tibor qaratib, Prezidentimiz, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni Shavkat Mirziyoyevning Jamoat xavfsizligi universitetiga tashrifi davomida aytgan soʻzlaridan iqtibos keltirdi. Jamoat xavfsizligi universiteti respublikamiz oliy harbiy ta'lim muassasalari gavhariga aylanib borayotgani alohida ta'kidlandi. Ma'lumki, Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishda universitet jamoasining beqiyos hissasi bor. Bu yerda tayyorlanayotgan yetuk mutaxassis kadrlar va malakali professor-o'qituvchilarning ilmiy salohiyati bunga yaqqol misol bo'la oladi va mamlakatimiz jamoat xavfsizligini ta'minlashda o'z hissasini qo'shib kelmoqda. Ana shunday “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” jahon havas qiladigan darajadagi el xavfsizligi qalqonlarini tayyorlayotgan universitetning bir guruh professor, oʻqituvchi va ofitserlari qoʻmondonlikning faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari bilan tahdirlandilar. Bayram tadbiriga universitet harbiy orkestri jamoasi va iqtidorli harbiy xizmatchilari alohida koʻtarinkilik bagʻishladilar.

377
Chop etish
Text to speech