MAHORAT DARSI

MAHORAT DARSI

2025-yil 19-dekabr kuni Axborot texnologiyalari kafedrasida University of Management and Future Technology’ning “Kommunikatsiya va axborot texnologiyalari” kafedrasi dotsenti, texnika fanlari falsafa doktori (PhD) N.M. Abdulxayev tomonidan
101-o‘quv guruhi kursantlari uchun “Raqamli texnologiyalar va kiberxavfsizlik” fanidan “Sun’iy intellekt” mavzusida ilmiy-amaliy mahorat darsi o‘tkazildi.

Mazkur mahorat darsi sun’iy intellektning nazariy asoslari, uning algoritmik modeli, mashinaviy o‘rganish va chuqur o‘rganish texnologiyalarining mohiyati hamda ularning kiberxavfsizlik tizimlarida qo‘llanilishiga bag‘ishlandi. Xususan, axborot xavfsizligini ta’minlashda sun’iy intellekt asosida tahdidlarni aniqlash, zararli dasturlarni tahlil qilish, anomaliyalarni real vaqt rejimida monitoring qilish va xavflarni prognozlash masalalari ilmiy nuqtayi nazardan yoritib berildi.

Dars davomida raqamli texnologiyalar rivoji sharoitida sun’iy intellektning huquqiy, axloqiy va tashkiliy jihatlari ham tahlil qilinib, kiberxavfsizlik sohasida mutaxassislar tayyorlashda ushbu texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati asoslab berildi. Mahorat darsi kursantlarning ilmiy tafakkurini rivojlantirish, zamonaviy axborot texnologiyalari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini chuqurlashtirishga xizmat qildi.

3529
Chop etish
Text to speech