Maxsus fakultet talabalari respublika konferensiyasida ma’ruzalar bilan ishtirok etishdi

Maxsus fakultet talabalari respublika konferensiyasida ma’ruzalar bilan ishtirok etishdi

Joriy yilning 26-fevral kuni Toshkent davlat yuridik universitetida “Yuridik sohada sun’iy intellektni qo‘llash istiqbollari” mavzusida respublika talabalar ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazilib, unda Jamoat xavfsizligi universiteti Maxsus fakulteti talabalari ham maqolalar bilan faol ishtirok etishdi. Jumladan, universitet 2-bosqich talabasi Madina Ismatullayeva konferensiyada “Korrupsiyaga qarshi kurashishda sun’iy intellektning ahamiyati” mavzusida ma’ruza qildi va “Eng ilg‘or ilmiy tadqiqot” nominatsiya bo‘yicha g‘olib bo‘ldi. Konferensiya yakunida talabalarga maxsus sertifikatlar topshirildi.

 

 

 

 

1763
Chop etish
Text to speech