O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi PQ-5077-sonli qarori va Belarus Respublikasi Fundamental tadqiqotlar fondi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan e’lon qilingan xalqaro qo‘shma tanlovning 88-turi doirasida erishilgan kelishuvlarga muvofiq, hozirda O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti va Belarus davlat aloqa akademiyasi o‘rtasida qo‘shma fundamental ilmiy-texnik loyiha amalga oshirilmoqda.
Mazkur tadqiqot natijalarini muhokama qilish maqsadida joriy yilning 24- sentabr kuni Belarus davlat aloqa akademiyasi rektori Zenevich Andrey Olegovich hamda Sanoat laboratoriyasi mudiri Jdanovich Sergey Vyacheslavovich Universitetga tashrifi buyurdilar.
Tashrif davomida “Telekommunikatsion optik tola asosida kombinatsiyalangan datchiklarni yaratish tamoyillari” mavzusidagi loyihaning ilmiy yangiligi, qo‘yilgan vazifalarni hal etish va rejalashtirilgan natijalarni olish imkoniyatlari bо‘yicha davra suxbati tashkil qilindi.