Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetida navbatdagi bitiruv kechasi bo'lib o'tdi …

Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetida navbatdagi bitiruv kechasi bo'lib o'tdi va unda Magistrlik diplom…

Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 15 apreldagi “Jamoat xavfsizligini ta'minlash sohasida professional kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, Jamoat xavfsizligi universiteti tashkil etilgan edi. Universitetda kadrlar tayyorlash sifati tubdan takomillashtirilib, mavjud 5 ta ta'lim yoʻnalishi oʻrnida 23 ta ta'lim yoʻnalishlari boʻyicha oʻqitish tizimi joriy etildi. Jumladan, 8 ta magistratura mutaxassisligi boʻyicha kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyildi. Kuni kecha Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetida navbatdagi bitiruv kechasi bo'lib o'tdi va unda Magistrlik diplomlari o'z egalariga tantanali ravishda topshirildi.

Oʻtgan qisqa davr ichida Milliy gvardiya tizimida kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimi joriy etilgan bo’lib, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning oʻziga xos amaliyoti yoʻlga qoʻyildi, xususan, bu yil Jamoat xavfsizligi universitetiga 2024/2025 oʻquv yili uchun magistraturaga 5 ta mutaxassislik boʻyicha jami 28 nafar tinglovchi va 7 nafar talaba oʻqishga  qabul qilingan bo’lsa, tinglovchilardan 17  nafari  Milliy gvardiya, 9 nafari Ichki ishlar vazirligi va 2 nafari Favqulotda vaziyatlar vazirligi harbiy xizmatchilaridir.

Jumladan: 5 ta mutaxassislik boʻyicha tinglovchilar harbiy yo’nalishda:

  1. “Jamoat xavfsizligini tezkor-taktik ta'minlashning qoʻmondonlik-shtab faoliyati” mutaxasissligi bo’yicha– 10 nafar;
  2. “Tarbiyaviy-psixologik ta'minlashning qoʻmondonlik-shtab faoliyati” boʻyicha – 6 nafar;
  3. “Jamoat xavfsizligini huquqiy ta'minlash” mutaxassisligi boʻyicha – 3 nafar;
  4. “Qoʻriqlash faoliyatini ta'minlashning qoʻmondonlik-muhandislik faoliyati” mutaxassisligi boʻyicha – 4 nafar;
  5. “Iqtisodiy xavfsizlik” mutaxassisligi boʻyicha – 5 nafari Magistrlik diplomlariga ega bo’lishdi.

Umumfuqaroviy yo’nalishda esa:

3 ta mutaxassislik boʻyicha talabalar.

  1. “Psixologiya” mutaxassisligi boʻyicha – 4 nafar;
  2. “Jinoyat qonunchiligini qoʻllash nazariyasi va amaliyoti” mutaxassisligi boʻyicha – 2 nafar.
  3. “Iqtisodiyot” mutaxassisligi boʻyicha – 1 nafar tinglovchilar Magistrlik diplomlariga ega bo’lishdi.

Oʻquv jarayoni ilmiy daraja va ilmiy unvonga ega boʻlgan professor-oʻqituvchilar tomonidan tashkil etildi. Tinglovchilar tomonidan Jamoat xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan ilmiy-tadqiqot yoʻnalishida bugungi kunda dolzarb boʻlgan magistrlik dissertasiyasi mavzulari boʻyicha izlanishlar olib borildi. Oʻquv yili davomida tinglovchilar har birining kamida 5 ta ilmiy maqola, 5 ta tezislari ilmiy-amaliy respublika va xorij jurnallarida va toʻplamlarda nashr etildi.

Mashgʻulotlar asosan amaliyot bilan bogʻlagan holda olib borildi. Jumladan, bugunga qadar universitet magistraturasini tamomlagan jami 166 nafar tinglovchi va talabalardan 4 nafar tinglovchi falsafa doktori (PhD) dissertasiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilish bilan birga bitiruvchilar Milliy gvardiya, Mudofaa vazirligi, IIV, DXX, FVV va boshqa davlat idoralarida muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelmoqdalar.

Shu oʻrinda alohida ta’kidlash joizki, bu yilgi magistrlar oʻqishlari davomida bir qator yutuqlarga erishgan boʻlib, birgina Yoshlar kuni munosabati bilan universitet magistranti Faxriyor Baxtiyorovning Muhtaram Prezidentimiz, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Mard oʻgʻlon” davlat mukofotini qabul qilib olganligi butun Milliy gvardiya va universitet shaxsiy tarkibi uchun faxr va gʻurur bagʻishlaydi.

Bu, avvalo, muhtaram Prezidentimiz tomonidan Qurolli kuch tuzilmalariga jamoat xavfsizligini ta'minlash yuzasidan yaratib berilgan imkoniyat va sharoitlar, shuningdek, universitet jamoasining samarali mehnatlari natijasidir.

Safda turgan magistratura bitiruvchilariga oʻtgan davr mobaynida tajribali professor-oʻqituvchilar tomonidan mutaxassisliklar boʻyicha zamonaviy moddiy-texnik baza asosida ta'lim-tarbiya berildi. Universitetda tahsil olish jarayonida ularni yuksak professional tayyorgarlikka, eng ilgʻor innovatsion bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishlariga, xorijiy tillarni oʻrganishlariga alohida ahamiyat berildi. Natijada bitiruvchilarning harbiy va huquqiy bilim va koʻnikmalari yuksalish bilan birga, ularning qalbida yanada vatanparvarlik, sadoqat va matonat tuygʻulari shakllandi. Tadbirda soʻzga chiqqanlar bitiruvchilarni kelgusida qanday lavozimlarda xizmat qilishmasin, yuksak mas'uliyat, halollik va kamtarlik fazilatlarini namoyon etishlarini, ona Vatani, xalqi va Prezidentiga bir umr sodiq qolishlarini ta'kidladilar. Shundan keyin bitiruvchilarga magistrlik diplomlari tantanali ravishda topshirildi. Bitiruv kechasiga taklif etilgan tinglovchilarning oila a'zolari va yaqinlari koʻzlarida quvonch va xursandchilik tadbirni kuzatib borishdi. Xonandalarining bayramona konsert dasturi ularga juda ham manzur boʻldi. Magistrlik diplomini olgan harbiy xizmatchi va xodimlar endi ma'suliyatli lavozimlarda xizmat vazifalarini davom ettirishadi.

 

 

1561
Chop etish
Text to speech