O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy-qismlari, muassasalari harbiy xizmatchilari o‘rtasida sportning “SHAXMAT” turi bo‘yicha Milliy gvardiya birinchiligi o‘tkazildi. Musobaqada Milliy gvardiya hududiy bo‘linmalari, harbiy qism va muassasalarining 30 dan ortiq harbiy xizmatchilari ishtirok etib sportning shaxmat turi boʻyicha qiziqarli va bahsli musobaqa tashkil etildi.Musobaqaning asosiy maqsadi harbiy xizmatchilarning strategik tafakkurini rivojlantirish, jismoniy va aqliy tayyorgarlik darajasini oshirish hamda ular oʻrtasida sogʻlom raqobat ruhini mustahkamlashdan iborat edi. Musobaqa davomida ishtirokchilar oʻzlarining shaxmatdagi bilim va mahoratlarini namoyish etib, aql-zakovati, chidamliligi va tezkor qaror qabul qilish qobiliyatlarini sinovdan oʻtkazishdi. Har bir partiya katta qiziqish bilan kuzatilib, oʻyinchilarning puxta tayyorgarligi va strategik yondashuvi hakamlar tomonidan e'tirof etildi. Musobaqaning yakunida eng yaxshi natijalarni qayd etkan harbiy xizmatchilar esdalik sovgʻalari, diplom va kubok bilan taqdirlandilar. Ushbu sport musobaqasi barcha harbiy xizmatchilarni yanada jipslashtirish va ularni vatan uchun, millat uchun, xalq uchun daxldorlik va mas’uliyatlilik, kelajak uchun yorqin fikrlash fazilatlarini yanada oshirishga xizmat qiladi.