O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining “Iqtisodiy fanlar” kafedrasiga biriktirilgan iqtisodiyot fanlari bo‘yicha mustaqil tadqiqotchilarning faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti boshlig‘ining 2023-yil 6-dekabrdagi 529-sonli buyrug‘iga muvofiq, 2026-yil 13-iyun kuni “Iqtisodiy fanlar” kafedrasiga biriktirilgan mustaqil tadqiqotchilar faoliyatini o‘rganish maqsadida, 2026 yil 2-chorakda amalga oshirilgan ishlar bo’yicha monitoring o‘tkazildi.
Monitoring komissiyasi yig‘ilishida Jamoat xavfsizligi universiteti boshlig’ining ilmiy ishlar bo’yicha o‘rinbosari yu.f.d.,prof., podpolkovnik Sh.X.Zulfikarov ishtirok etib, o‘z nutqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 26 maydagi “Yangi avlod ilmiy kadrlarini tayyorlash va ularni attestatsiya qilish tizimini takomillashtirish to’g’risida”gi PF-98-son Farmoni mazmun-mohiyati, 2027 yil 1 yanvardan ilmiy daraja olishda doktorlik dissertatsiya ishlari himoyasi bo’yicha belgilangna yangi talablar va o’zgartirishlar mazmun mohiyati etkazildi. Shu bilan birga, universitet rahbariyati tomonidan tadqiqot ishlariga qo‘yilayotgan zamonaviy talablar, tadqiqotchilarga ilmiy ishlar tayyorlash va nashr etish bo‘yicha so‘nggi talablar yetkazilib, ilmiy-tadqiqot ishlarining samaradorligi va sifatini yangi bosqichga olib chiqish hamda oshirishga qaratilgan taklif va mulohazalar bildirildi.
Monitoring yig‘ilishida “Iqtisodiy fanlar” kafedrasi boshlig‘i, i.f.d.,professor, podpolkovnik J.J.Urmonov o‘z nutqida OAK tomonidan 2026 yil 10 iyundan tavsiya etilgan 12 ta xalqaro ilmiy-ma’lumotlar bazalari ro’yxatida ilmiy ishlarni e’lon qilish lozimligi, shu bilan birga OAK Rayosati qaroriga muvofiq 2026 yil 10 iyundan boshlab e’lon qilingan ilmiy ishlar attestatsiya jarayonlari baholash mezonida hisobga olinmaydigan nashriyotlar va ma’lumotlar bazalari ro’yxati etkazildi. Бундан ташқари, Oliy attestatsiya komissiyasining “Ilmiy darajalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizom” va “Malakaviy imtihonlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom” talablari тушунтирилди. PhD va DSc ilmiy darajalariga nomzodlar uchun OAK ro‘yxatidagi respublika va xalqaro ilmiy jurnallarda, shuningdek, respublika va xalqaro konferensiyalarda chop etilgan maqolalar soni va fan tarmoqlari bo‘yicha jurnallar ro‘yxati haqida ma’lumot berdi.
Shuningdek, mustaqil izlanuvchilarning tadqiqot mavzularini shakllantirishda jamoat xavfsizligini ta’minlash, jamoat tartibini ta’minlash, iqtisodiy xavfsizlik, oziq-ovqat xavfsizligi, Milliy gvardiya faoliyatiga yo‘naltirilgan mavzularga alohida e’tibor qaratilishi lozimligi qayd etildi. Tadqiqotlarning amaliy ahamiyatga ega bo‘lishi, xizmat faoliyatida iqtisodiy jihatdan samarali qo‘llanilishi va dissertatsiyalarni o‘z vaqtida himoya qilish zarurligi alohida urg‘ulandi.
Bundan tashqari, monitoring ishtirokchilari uchun ilmiy seminar va kafedra muhokamalaridan muvaffaqiyatli o‘tgan tadqiqotchilar tomonidan dissertatsiya ishlarining dolzarbligi, maqsad va vazifalari, ilmiy yangiligi, erishilgan natijalar va ishlab chiqilgan taklif-tavsiyalar bo‘yicha ma’ruzalar tinglandi.
Monitoring komissiyasi tomonidan mustaqil izlanuvchilarning shaxsiy ish rejalari va metodologik dasturlarining ijro jarayoni o‘rganildi. Tadqiqotchilar bilan savol-javob shaklida o‘tkazilgan suhbatda ularni qiziqtirgan masalalar va ilmiy faoliyatdagi qiyinchiliklar muhokama qilindi. Ushbu muammolarni bartaraf etish uchun zarur tashkiliy va amaliy chora-tadbirlar belgilandi.
Monitoring shu bilan birga, yuqori natijalarga erishgan izlanuvchilarning faoliyati namunaviy sifatida e’tirof etilib, ularning amalga oshirgan ishlariga oid hisobotlar tinglandi.