Joriy yilning 25-sentabr kuni Universitet “Tillarni o‘rganish” kafedrasida Toshkent davlat yuridik universiteti dotsenti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori PhD., Ruzibayeva Nigoraxon Raximovna tomonidan “Motivation in the Language Classroom” mavzusida master-klass o‘tkazildi. N.R. Ruzibayeva master-klass davomida Buyuk Britaniyaning Oxford universitetida joriy yilda 40 soatdan iborat malaka oshirish kursida orttirgan bilim, ko‘nikma va malakalar bilan o‘rtoqlashdi. Unda “Self Determination Theory (Ryan anad Deci)” va “CARS” metodlarini ahamiyatini tushuntirib, afzallik tomonlarini taklif etdi. Dars jarayonida talaba va kursantlarga bilim berishdagi motivatsiya, o‘qituvchining darsga tayyorgarlik darajasi, talaba/kursant va o‘qituvchi o‘rtasidagi bog`liqlik kabi masalalarga to‘xtaldi. Master-klass savol-javoblar bilan munozaraga boy bo‘ldi.