XIZMAT KO‘PKURASH TURI BO‘YICHA MILLIY GVARDIYA BIRINCHILIK MUSOBAQASI

XIZMAT KO‘PKURASH TURI BO‘YICHA MILLIY GVARDIYA BIRINCHILIK MUSOBAQASI

2026 yil 27-28 mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi milliy gvardiyasining ommaviy-sport va uslubiy tadbirlar kalendar rejasiga asosan sportning Xizmat ko‘pkurash turi bo‘yicha Milliy gvardiya birinchilik musobaqasi Farg‘ona viloyati boshqarmasida o‘tkazildi. Mazkur musobaqada 19 ta jamoalar bilan birgalikda Jamoat xavfsizligi universiteti jamoasi ham faol ishtirok etib, shaxsiy birinchilikda 1-yosh guruhida shartnoma asosidagi oddiy askar Aliyev Sulton Aliyevich fahrli 1-o‘rinni,
4-yosh guruhida 3-darajali serjant Mirzayev Yo‘lchi Xolmamatovich 2-o‘rinni egallab, diplom va me’dallar bilan taqdirlandilar. Jamoat xavfsizligi universiteti terma jamoasi tarkibida ishtirok etgan  shartnoma asosidagi oddiy askar Aliyev Sulton Aliyevich, kapitan Ergashov Anvar Mingboy o‘g‘li, podpolkovnik Ashrapov Sherali Ikromjonovich, 3-darajali serjant Mirzayev  Yo‘lchi Xolmamatovichlar terma jamoa murabbiysi Jismoniy tayyorgarlik va sport kafedasi katta o‘qituvchisi, xalqaro toifadasi sport ustasi kapitan Abdullayev Akrom Ilxamovich boshchiligida umumjamoa hisobida faxrli 2-o‘rinni egallab, kubk bilan taqdirlandi.

8681
Chop etish
Text to speech