Tadbirda maktab o‘quvchilarining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, kriminogen vaziyatni oldini olish, sogʻlom turmush tarziga targʻib qilish maqsadida Universitet professor-o‘qituvchilari G.R.Mirzayev, D.M.Mamatqulov va M.V.Bablyovlar ma’ruza qildilar. Maktab o‘quvchilariga “Ijtimoiy profilaktika” haftaligi doirasida kiberxavfsizlik, yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishning ahamyati, jamoat xavfsizligini ta’minlashda har bir yoshning ma’sulligini shakllantirish bo‘yicha ma’lumotlar berildi. Jumladan, ta’lim muassasalarida xavfsizlik tizimini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratdilar.