2025-yil 10-oktabr kuni “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi tashabbusi bilan Universitet…

2025-yil 10-oktabr kuni “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi tashabbusi bilan Universitetda “Turkiston jadidlari m…

Konferensiyaning maqsadi –  Turkiston jadidlari merosini chuqur o‘rganish, uning zamonaviy jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyatini ochib berish va yangi tadqiqotlar uchun metodologik yo‘nalishlarni belgilab berishdan iborat.     

Ushbu konferensiyada respublikamizning ilmiy tadqiqot muassasalari va oliy ta’lim muassasalarining yetuk olimlari va mutaxassislar, universitet professor-o‘qituvchilari, kursant va talabalari ishtirok etdi.

Konferensiyada tarix fanlari doktori, professor D.A.Alimova, tarix fanlari doktori, professor N.A.Mustafayeva, , tarix fanlari doktori (PhD) A.N.Axrorova, tarix fanlari doktori (PhD), dotsent M.A.Darmonova, tadqiqotchi, dotsent G.T.Mirzajonov ma’ruza qildilar.  Ma’ruzachilar chiqishlaridan so‘ng anjuman mavzulari bo‘yicha qiziqarli bahs-munozaralar bo‘lib o‘tdi.

So‘ngra, Universitet rahbariyati tomonidan konferensiyadagi ma’ruzachilarga “Tashakkurnoma”lar va gullarni topshirib minnatdorchilik bildirib, anjumanga yakun yasadi. 

1642
Chop etish
Text to speech