2025-yil 12-oktyabr kuni Jamoat xavfsizligi Universitetida “Eng yaxshi saf qo‘shig‘i” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi. Tanlovda kursantlar batalonlari, Qo‘riqlash va o‘quv jarayonini ta’minlash bataloni hamda ayol kursantlar vzvodi ishtirok etdi. Tanlov ikki bosqichda tashkil etilib, birinchi bosqich vzvodlar o‘rtasida bellashuv tashkil etilgan bo‘lsa, ikkinchi bosqichda batalonlar tarkibida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.
Tanlov yakuniga ko‘ra “Eng yaxshi saf qo‘shig‘i” tanlovida batalonlar o‘rtasida o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi:
- O‘rin. 1-kursantlar bataloni;
- O‘rin. 4-kursantlar bataloni;
- O‘rin Ayol kursantlar vzvodi.
“Eng yaxshi saf qo‘shig‘i” tanlovida vzvodlar o‘rtasida o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi:
- O‘rin. 4 va 11-kursantlar vzvodi;
- O‘rin. 3 va 10-kursantlar vzvodi;
- O‘rin 5 vzvod.
Tanlov bo‘linmalar o‘rtasida jangovar ruhni oshirish, harbiy xizmatchilarda vatanga muhabbat tuyg‘ularini yanada yuksaltirish shuningdek, jamoaviy saf usullarini mahorat bilan bajarish kabi xususiyatlarni shakllantirsh maqsadida tashkil etildi va ko‘tarinki kayfiyatda yakuniga yetdi.