Unda Tadqiqotchilarning ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha og‘zaki va yozma ravishda hisobotlari eshitildi.
Monitoring komissiyasi a’zolari mustaqil izlanuvchilarning ilmiy faoliyatini Universitet boshlig‘ining 2023-yil 6-dekabr kunidagi 529-sonli buyrug‘ining
2-ilovasi asosida o‘rganib, ularni tegishli mezonlar asosida baholadi.
Monitoring natijasida tadqiqotchilarning ilmiy tadqiqotlari yuzasidan tayyorlangan yig‘ma jildlari ko‘zdan kechirilganda ayrim tadqiqotchilarda ixtisoslik fanlaridan imtihon topshirishda, ilmiy maqolalarning OAK ro‘yxatidagi jurnallarda (yakka mualliflikda) chop etishda va qo‘shimcha imtihonlarni topshirishda kamchiliklar mavjudligi aniqlandi hamda ushbu kamchiliklar yuzasidan taklif va tavsiyalar beriladi.