O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida 2025-yil 9-oktabr kuni “Qurolli…

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida 2025-yil 9-oktabr kuni “Qurolli mojarolarda topogeodezik…

Anjuman so‘nggi vaqtlarda dunyodagi harbiy-siyosiy vaziyatning keskinligi, tez o‘zgaruvchanligi va mintaqaviy xavfsizlikka bo‘lgan taxdidlar ko‘lamining kengayib borishi, geosiyosiy qarama-qarshiliklarning kuchayishi, bir qator davlatlar o‘rtasida qurolli to‘qnashuv hamda harbiy mojarolar avj olib borayotganligini muhokama qilish, shuningdek mamlakatni ehtimol tutilgan harbiy mojarolarga tayyorlashning asosiy yoʻnalishlaridan biri sifatida Qurolli kuchlarda “Topogeodezik” ta’minot sohasini takomillashtirish, uning texnik bazasini yangilash va avtomatlashtirish, harbiy qismlarni zamonaviy aero va kosmik suratga olish ma’lumotlari bilan ta’minlash masalalarini hal etish maqsadida tashkil etildi.

Ushbu tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining mutahasislari, ko‘zga ko‘ringan olimlari, ekspertlari hamda Universitet professor-o‘qituvchilari va tinglovchilari ishtirok etdi.  

1280
Chop etish
Text to speech