Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat Xavfsizligi universitetiga oʻqishga qabul qilingan yosh ku…

Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat Xavfsizligi universitetiga oʻqishga qabul qilingan yosh kursantlar yana bir hayotiy…

“Vatan uchun, millat uchun xalq uchun” shiori ostida Universitet birinchi bosqich kursantlarining dars mashg‘ulotlari yuqori saviyada tashkil etilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jamoat xavfsizligi universiteti birinchi bosqich kursantlarining Chirchiq o‘quv-dala mashg‘ulotlari malakali professor o'qituvchilar tomonidan yuqori saviyada tashkil etilmoqda. Jumladan, kursantlarning Jangovar, axloqiy-ruhiy, nazariy tomonlama bilimlari universitetning yuqori tajribali professor-o‘qituvchilari hamda malakali xizmatchi psixologlari bilan yanada mukammal tarzda tashkil etilib, kursantlar vatanparvarlik ruhida o‘qish hamda mehnat faoliyati maromiga yetkazilmoqda. Mashg‘ulotlardan so‘ng kursantlarning madaniy hordiq tadbirlariga asosan konsertlar, kinofilmlar namoyishi, kitoblar mutolaasi bo‘yicha barcha qulayliklar yaratilgan bo‘lib, kursantlar bulardan uunumli foydalanib kelmoqdalar. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jamoat xavfsizligi universiteti tomonidan davlatimiz mustaqilligining 34 yillik bayrami munosabati bilan tashkil etilgan barcha yo‘sindagi tadbirlar mana shunday yuqori kayfiyatda davom etmoqda.

 

359
Chop etish
Text to speech