O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY GVARDIYASI JAMOAT XAVFSIZLIGI UNIVERSITETI SIRTQI TA'LIM B…

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY GVARDIYASI JAMOAT XAVFSIZLIGI UNIVERSITETI SIRTQI TA'LIM BITIRUVCHILARINING BITIRUV…

Mana ikkinchi oʻquv yilidirki Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining sirtqi ta'lim yoʻnalishlarining bitiruvchi tinglovchilari Yakuniy davlat attestatsiyalari topshirib, ularga davlat namunasidagi diplomlar berilmoqda. Mana ikkinchi oʻquv yilidirki Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining sirtqi ta'lim yoʻnalishlarining bitiruvchi tinglovchilari Yakuniy davlat attestatsiyalari topshirib, ularga davlat namunasidagi diplomlar berilmoqda. Joriy yilning 12-20-may kunlari Jamoat xavfsizligi universitida sirtqi ta'limning “Xavfsizlikni huquqiy ta'minlash” va “Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-huquqiy ta'minlash” ta'lim yoʻnalishlari boʻyicha “Oʻzbekistonning eng yangi tarixi”, “Xorijiy til” hamda “Mutaxassislik fanlari” boʻyicha yakuniy davlat Attestasiyasii tashkil etildi. Bu yilgi Yakuniy davlat Attestatsiyasi Oʻzbekiston Respublikasi “Ta'lim toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-dekabrdagi “Oliy va kasbiy ta'lim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 836-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiya Qoʻmondonining 2025-yil 4-mart kunidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 59-sonli buyrugʻi hamda Universitet boshligʻining 2025-yil tegishli buyruqlari asosida tashkil etildi. Imtixonlarning ochiq va shaffof oʻtkazilishida Jamoat xavfsizligi universiteti ustozlari bilan birga Respublikaning etakchi oliy ta'lim muassasalari, xususan, Oʻzbekiston milliy universiteti, Oʻzbekiston davlat Jahon tillari universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar akademiyasi, Chirchiq oliy tank qoʻmondonlik bilim yurti va bir qator ilmiy-amaliy markazlarning yuqori ilmiy salohiyatga ega professor-oʻqituvchilari amalik koʻmak berishdi. Eng muhim jihati shundaki, tinglovchilar toʻrt yillik oʻquv davrida oʻrgangan nazariy va amaliy bilimlari koʻnikma va malakalarini Davlat attestasiyasida yana bir bor sinovdan oʻtkazib, ularga beriladigan diplomlarga loyiq ekanliklarini isbotlashdi. Universitetni muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilar uchun tantanali bitiruv marosimi tashkil etilib, 200 nafarga yaqin bitiruvchilarga davlat namunasidagi diplomlar topshirildi. Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Ichki ishlar vazirligi, Prezident davlat xavfsizlik xizmati, Bojxona qoʻmitasi va Davlat xavfsizlik xizmatida mas'ullar ishtirok etib, bitiruvchilarga diplomlarni topshirdilar va samimiy fikrlar bildirishdi. Tadbirda shuningdek, bitiruvchilarning ota-onalari, oila a'zolari va yaqinlari ishtirok etishib, farzanlariga kelgusi xizmatlarida zafarlar tilashdi.Ta'kidlash lozimki, bu yilgi bitiruvchilar orasida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari kuch tuzilmalari harbiy xizmatchilari va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning xodimlari boʻlib, ularning orttirgan tajriba va malakalari kelgusidagi xizmat faoliyatlarida amaliy koʻmak beradi. Eng asosiysi Qurolli Kuchlarimizning professional salohiyati va jangovar shayligini doimiy barqaror saqlashda harbiy kadrlar tayyorlashni  sifat jihatdan oshirish zaruriy omil hisoblanadi.

1693
Chop etish
Text to speech