O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti va Yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi bilan hamkorlikda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi harbiy qism va muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilot yetakchilari malakasini oshirish maqsadida o‘quv-seminari o‘tkazildi.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyat Kengashi va Jamoat xavfsizligi universiteti hamkorligida joriy yilning 8-fevral kuni Jamoat xavfsizligi universitetida Toshkent harbiy okrugi qo‘mondonligi, DXX Chegara qo‘shinlari Toshkent viloyati boshqarmasi, FVV viloyat boshqarmasi, IIV Toshkent viloyati boshqarmasi harbiy qismlardagi boshlang‘ich tashkilot yetakchilari bilan “Boshlang‘ich tashkilotning asosiy maqsadi va vazifalari, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi ahamiyati” mavzusida o‘quv-seminari o‘tkazildi. Ushbu o‘quv-seminari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3394-sonli Qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-iyundagi “Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash hamda harbiy qismlarda joriy yil amalga oshiriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlar, o‘tgan yil erishilgan natijalar sarhisobiga bag‘ishlandi. O‘quv seminari davomida Toshkent viloyatidagi barcha kuch tuzilmalari, harbiy oliy o‘quv yurtlaridagi boshlang‘ich tashkilot yetakchilariga viloyat Kengashi harbiy qismlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik E.Sharapov, DXX Toshkent viloyati boshqarmasi bo‘linma boshlig‘i, Jamoat xavfsizligi universiteti dotsenti mayor A.Sattorov, Unversitet amaliyotchi Psixologi B.Karimova va kafedra dotsenti amaliyotchi psixolog N.Xalilova, Aloqa va axborot texnologiyalari institute kurs boshlig‘i mayor Sh.Xakimovlar tomonidan harbiy qism va oliy ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilot yetakchilarining faoliyati, imkoniyati va vazifalari bo‘yicha, O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda yoshlar qonunchiligining ahamiyati, “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy vatanparvarlik harakati faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident Qarorining maqsad va vazifalari, “Jamoalardagi faol yoshlarni aniqlash va ular bilan ishlash usullari”, “Yoshlarda motivatsiyani shakllantirish usullari” mavzularida ma’ruzalar va amaliy mashg‘ulotlar o‘tildi. Shuningdek, “O‘zbekiston-2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash” yilida amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi loyihsining mohiyati universitet boshlang‘ich tashkilot yetakchisi tomonidan seminar ishtirokchilariga tushuntirib o‘tildi. O‘quv seminari dasturining ikinchi qismiga asosan seminar ishtirokchilari uchun universititet boshlang‘ich tashkilot yetakchi xonasida amaliy mashg‘ulot o‘tkazilib, boshlang‘ich tashkilot yetakchisi tomonidan davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan chora tadbirlari to‘g‘risida o‘zaro fikr almashildi. Shundan so‘ng ishtirokchilarga Unversitetda yoshlar uchun yaratilgan keng sharoitlar, qulayliklar namoyish qilinib universitet tarixini yoritadigan “Vatanparvarlik maskani” bilan yaqindan tanishishtirildi. Ushbu o‘quv seminardan ko‘zlangan maqsad yoshlar yetakchilari faoliyati samaradorligini oshirish, kuch tuzilmalari yetakchilari o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash, yetakchilar faoliyatida yangi marra va yutuqlarni egallash uchun o‘ziga xos motivatsiya yaratishdan iborat bo‘ldi.