Yangi O‘zbekistonni har tomonlama taraqqiy ettirish, Uchinchi renessans davri poydevorini yaratishga qaratilgan tarixiy islohotlar jarayonida o‘zbek tili hamda xorijiy tillarni o‘rganish bo‘yicha ham jadal ishlar olib borilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida bugungi kunda oltita til (ingliz, nemis, xitoy, rus, qoraqalpoq va tojik tillari hamda to‘garak shaklida turk tili o‘qitilayotganligi tahsinga loyiq. Universitetda xorijiy tillarni o‘qitish uchun Tillarni o‘rganish kafedrasida yuqorida keltirilgan xorijiy tillarni o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maxsus sinflar tashkil etilgan. O‘quv mashg‘ulotlari chet ellik mutaxassislar va mahalliy malakali professor-o‘qituvchilar tomonidan olib borilmoqda.
2025-yil 17-oktabr kuni Jamoat xavfsizligi universiteti “Tillarni о‘rganish” kafedrasi tomonidan “Til-millat ko‘zgusi” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya о‘tkazildi.
Anjumanni Jamoat xavfsizligi universiteti boshlig‘i yu.f.d., professor, polkovnik M.X.Rustambayev kirish sо‘zi bilan ochib, Til – inson madaniyatining ifodasi ekanligini, har bir millatning о‘zligi uning tili va adabiyotida namoyon bо‘lishini aytib o‘tdi. Til umr bо‘yi о‘rganilayotgan fan, sayqal bergan sari ochilib, yashnaydigan san’at durdonasidir. Til aloqa vositasi ekan, sо‘z insonning kamolini, ilm va fazilatini о‘lchab kо‘rsatadigan tarozidir. Jahonda 6000 dan ortiq til bо‘lib, har bir millat va elat uchun eng suyuklisi о‘z ona tilidir. Biz uchun ham о‘z tilimiz g‘ururimiz va sha’nimizdir deb, alohida ta’kidladi.
Tadbirga JXU 403-guruh talabasi Sevinch Hotamboyeva moderatorlik qildi.
Konferensiyaga Respublikamizning taniqli tilshunos olimlari taklif etildi. Jumladan, Falsafa fanlari doktori, professor, xalqaro toifadagi spiker, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibasi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan Yoshlar murabbiysi Shermuxamedova Jamila Toshpo‘latovna o‘zining “Tilga e’tibor-elga e’tibor” nomli maruzasi bilan ishtirok eti, yoshlarni tarbiyalashda va ma’nan yetuk va vatanparvar etib o‘stirishda tilning ahamiyati haqida qimmatli ma’lumotlar hamda hayotiy misollar keltirib o‘tdi. Maruza sermazmun bo‘lib, konferensiya ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.
Tilshunos va adabiyotshunos, Toshkent davlat yuridik universiteti “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori (DSc) Gulyamova Gulnora Yakubovna “Navoiy dahosi va o‘zbek adabiy tili ravnaqi” nomli ma’ruzasi bilan ishtirok etib, kursant va tinglovchilarga o‘zbek adabiy tilining asoschisi A.Navoiyning ijodi ahamiyati haqida batafsil gapirib о‘tdi va konferensiya ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga о‘zining javob va mulohazalarini berib о‘tdi.
Yana bir tilshunos olima, Toshkent davlat yuridik universiteti “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori PhD Ziyamuhamedova Shaxnoza Tolkunovna o‘zining “Til millat va ma’naviyat ko‘zgusi” nomli ma’ruzasi bilan barchaga qimmatli ma’lumotlar berib о‘tdi. Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti dotsenti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori PhD Asqarova Shaxnoza Kamolitdinovna ham о‘zining “Alpomish” asliyat matnida zoonim leksemalarning aks etishi va ularning ingliz tiliga tarjimasi masalalari” nomli qiziqarli ma’ruzasi bilan konferensiya ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.
Keyingi maruzachi Jamoat xavfsizligi universiteti “Tillarni o‘rganish” kafedrasi dotsenti, p.f.b.f.d. (PhD) Pulatova Zulfiya Abduazizovna “Til millatning ma’naviy hayot oynasi” nomli maruzasi bilan chiqish qilib, millatning ma’naviy jihatdan yetuk bo‘lishida tilning ahamiyati kata ekanligi va ma’naviy merosimiz haqida ham to‘xtalib o‘tdi.
Konferensiya davomida shuningdek “Tillarni о‘rganish” kafedrasi boshlig‘i, podpolkovnik A.S. Xursandov talaba va kursantlar о‘zlarining bо‘sh vaqtlarida o‘zbek tilining ahamiyati va o‘zbek tilida ish yuritishda qabul qilingan qoida va tartiblarga rioya qilish lozimligi haqida gapirib о‘tdi.
Ma’ruzachilarning chiqishlaridan sо‘ng universitet kursantlari tomonidan tashkil etilgan badiiy qismda she’rxonlik va savol-javoblar o‘rin oldi.
Konferensiya universitetimiz talaba va kursantlari hamda yig‘ilgan barcha ishtirokchilarda juda katta taassurot qoldirdi.