O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti “Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash” kafedrasi tomonidan “9-may – Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent shahar ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazida “Keksalarni qadrlash – ulug' qadriyat!” nomli ezgu maqsad doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tantanali tadbirda sо‘zga chiqqanlar xotira va qadrning mohiyati yuzasidan о‘z fikrlarini bildirib, nuroniylar doimo e’tiborda ekanligini e’tirof etdilar.
Tadbirda nuroniylar uchun Jamoat xavfsizligi universiteti Orkestri, 1- va 2-kursantlar batalyoni kursantlari ishtirokida “9-may – Xotira va qadrlash kuni”ga bag‘ishlangan konsert dasturi va ko'rgazmali chiqishlar namoyish etildi. Ular tomonidan ijro etilgan she’r va kuy-qo‘shiqlar hamda davomli raqslar nuroniy otaxon va onaxonlarga bayramona kayfiyat bag‘ishlash bilan birga, ularning maroqli, madaniy hordiq chiqarishlariga sabab bo‘ldi.
Konsert dasturi yakunida nuroniylarga O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti rahbariyatining esdalik sovg‘alari va bayram tabriklari topshirildi.