“Iqtisodiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi i.f.f.d. (PhD), dotsent, podpolkovnik A.U.…

“Iqtisodiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi i.f.f.d. (PhD), dotsent, podpolkovnik A.U. Zurapov tomonidan Univer…

Milliy gvardiya bo‘linmalarida xo‘jalik faoliyatini yuritish bo‘yicha seminar trening

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi unversiteti “Iqtisodiy fanlar” kafedarasi katta o‘qituvchisi podpolkovnik A.U. Zurapov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiya qo‘mondonining 2018 yil 30 sentyabr kunidagi 77-sonli “Milliy gvardiya bo‘linmalarida xo‘jalik faoliyatini yuritish” to‘g‘risidagi nizom talablari asosida bo‘linma koandirlari bilan vzvod xo‘jaligini yuritish bo‘yicha mashhulot o‘tkazildi.

Universitet batalon komandirlari bilan qo‘shinlar xo‘jaligini yuritishni tashkillashtirish, mansabdor shaxslarining qo‘shinlar xo‘jaligini boshqarish bo‘yicha majburiyatlari, xo‘jalik faoliyatini rejalashtirish, yuritish tartibi, nazorat qilish, vzvod xo‘jaligini vazifasi va uni tashkillashtirish, vzvod harbiy xizmatchilarini moddiy vositalar bilan ta’minlash tartibi, harbiy qismlarni o‘quv markazlarida, lagerlarda va mashqlarda chiqib joylashganda qo‘shinlar xo‘jaligini tashkillashtirish va yuritishning o‘ziga xos xususiyatlari bo‘yicha mazkur buyruq doirasida berilgan savollarga atroflicha javoblar berildi hamda o‘zaro fikr-mulohazalar almashildi.

1498
Chop etish
Text to speech