Maxsus fakultet talabalari o‘rtasida navbatdagi “Kitobxon talaba” tanlovi o‘tkazildi

Maxsus fakultet talabalari o‘rtasida navbatdagi “Kitobxon talaba” tanlovi o‘tkazildi

“Besh muhim tashabbus” doirasida yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va ular orasida kitobxonlik madaniyatini ommalashtirish maqsadida universitetning kunduzgi va kechki ta’lim talabalari o‘rtasida an’anaviy “Kitobxon talaba” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi. Talabalar o‘rtasida yanvar oyida o‘qish uchun o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani tanlangan bo‘lib, talabalar bir oy davomida mazkur kitobni mutolaa qilishdi.

         Ko‘rik-tanlov ikki bosqichda tashkil etilib, birinchi bosqichda talabalar kitob yuzasidan test sinovlarida ishtirok etishdi. Ikkinchi bosqichda 4 ta shartdan iborat ko‘rik tanlov tashkil etilib, faol ishtirok etgan talabalar munosib rag‘batlantirildi.

3340
Chop etish
Text to speech