Universitetda “Zakovat ligasi” mavsumi start oldi

Universitetda “Zakovat ligasi” mavsumi start oldi

“Besh muhim tashabbus” doirasida yoshlarning bo‘sh vaqtini munosib o‘tkazish hamda ularni intellektual qobiliyatini oshirish maqsadida Universitet boshlig‘i tashabbusi bilan “Zakovat ligasi” tashkil etildi.

         “Zakovat ligasi” o‘yinlari hamda “Shaxsiy o‘yin” musobaqasi haftaning har juma kunida universitet Ma’naviyat va ma’rifat markazida tashkil etilib, barcha qiziquvchilar, xususan, kursantlar, talabalar, oddiy askarlar, serjantlar va muddatli harbiy xizmatchilar jamoa tuzilgan ishtirok etishlari ko‘zda tutilgan.

         Kuni kecha liganing dastlabki tur o‘yinlari o‘tkazilib, unda 20 ga yaqin jamoalar ishtirok etdi. Natijalarga ko‘ra 2-kurs yurisprudensiya ta’lim yo‘nalishi talabalaridan iborat “Aura” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. “Shaxsiy o‘yin” musobaqasida 2-kurs talabasi Asomiddin Toshpo‘latov g‘olib bo‘ldi. G‘oliblarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

         Ma’lumot uchun “Zakovat ligasi” o‘yinlari haftaning har juma kuni soat 15:00da Universitet Ma’naviyat va ma’rifat markazida bo‘lib o‘tadi.

         Barchani “Zakovat”ga chorlab qolamiz.

3784
Chop etish
Text to speech