Bugun O'zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida Huquqni muhofaza qiluvchi…

Bugun O'zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida Huquqni muhofaza qiluvchi organlar oliy ta'lim tas…

Tadbirda Prezident Administratsiyasining soha mutaxassislari, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xodimlari, xalqaro tashkilot vakillari shuningdek, Konsorsium a'zolari — Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Jamoat xavfsizligi universiteti, Bojxona qoʻmitasining Bojxona instituti hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi rahbariyati, soha ekspertlari va mas'ul xodimlar ishtirok etdilar.

Konsorsiumning bosh maqsadi — huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun xalqaro standartlarga mos, yuqori malakali, halol va vatanparvar kadrlar tayyorlaydigan zamonaviy ta'lim tizimini shakllantirishdan iboratdir. Tadbirda taqdim etilgan «2030 yil Strategiyasi» doirasida tizimni amaliyotga yoʻnaltirilgan, raqamli texnologiyalar va sun'iy intellektga asoslangan, mintaqada yetakchi hamda dunyoda e'tirof etilgan kadrlar tayyorlash markaziga aylantirish ustuvor vazifa etib belgilandi.

Muhokamalar natijasida istiqboldagi hamkorlikning quyidagi ustuvor vazifalari belgilab olindi:

Ta'lim va infratuzilma: Yagona kompetensiyalar modelini (CCF) joriy etish, innovasion texnologiyalarni rivojlantirish hamda a'zo oliygohlarning kutubxona, laboratoriya va simulyasion poligonlaridan oʻzaro erkin foydalanishni yoʻlga qoʻyish;

Raqamlashtirish va SI: Ekotizimga raqamli transformasiya va sun'iy intellekt (SI) yechimlarini integrasiya qilish, yagona LMS platformasi, elektron portfolio va VR/AR texnologiyalaridan keng foydalanish;

Ixtisoslashgan markazlar: Kiber-kriminalistika, Korrupsiyaga qarshi mintaqaviy markaz, Crowd Management (ommani boshqarish) va Raqamli tahlil markazlari faoliyatini samarali tashkil etish;

Xalqaro sheriklik: INTERPOL, CEPOL, UNODC kabi tashkilotlar bilan qoʻshma tadqiqotlar oʻtkazish hamda «Double Degree» (qoʻshma diplom) dasturlarini joriy etish.

Mazkur vazifalar tomonlarning oʻz mablagʻlari, davlat dasturlari va xalqaro grantlar hisobidan moliyalashtiriladi. Loyihaning amalga oshirilishi sohada uzluksiz kadrlar tayyorlash tizimini shakllantirib, oliygohlarning xalqaro reytinglardagi oʻrnini yuksaltirishga va jamiyat xavfsizligini mustahkamlashga xizmat qiladi.

9750
Chop etish
Text to speech