Universitetda 16-noyabr kuni davlatimiz bayrog‘ining tashkil etilgan kuni munosabati bilan “Istiqlol mash’ali, tinchlik posbonisan, muqaddas bayrog‘im!”
mavzusida she’riyat kechasi o‘tkazildi.
Mazkur she’riyat kechasida bayrog’imizga bo’lgan chuqur ehtirom, sadoqat, kabi ulug‘ fazilatlar, shuningdek, milliy bayrog‘mizni nafaqat bayram kunlari, balki har vaqt qadrlash va e’zozlash mavzusida vatanparvarlik ruhidagi she’rlar iqtidorli kursantlarimiz tomonidan aytilib, mazkur she’rlar yakunda bahr-u bayt kechasiga aylandi. Bayrog’imizda aks etgan har bir rang chuqur ma’noga egaligi, buyuk o‘tmish, tarixiy silsila hamda buyuk kelajakka daxldorligi kursantlar tomonidan she’rlar orqali madh etildi.
She’riyat kechasida kursantlar nafaqat ishtirok etishdi, balki, bayrog‘imiz haqida o’zlariga kerakli bo’lgan qiziqarli va zaruriy ma’lumotlarni olib, bayrog’imizni har nafas e’zozlashimiz lozimligini o’zlariga shior qilib oldilar.